Rossiyada ötkazilgan reydda ozarbayjonliklar halok böldi
28-06-2025, 16:05
113 марта

Rossiyada ötkazilgan reydda ozarbayjonliklar halok böldi
Keça, 27 iyun kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida Federal xavfsizlik xizmati tomonidan ozarbayjonliklar yaşaydigan manzillarda ötkazilgan reydlar oqibatida Ozarbayjon Respublikasi fuqarolari vafot etdi. Bu haqda Ozarbayjon Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 27 iyun kuni ertalab Rossiya FXX tomonidan Yekaterinburgdagi ozarbayjonliklarga qarşi olib borilgan reydlar davomida 9 kişi hibsga olingan. Malum qilinişiça, operatsiya davomida yaralangan va vafot etganlar bor.“Ekaterinburgdagi ozarbayjonlar uylariga uyuştirilgan reyd oqibatida yurtdoşlarimiz halok bölgani, ayrimlarining oğir tan jarohati olgani, 9 kişi hibsga olingani munosabati bilan çuqur taşviş bildiramiz”, deyiladi bayonotda.Şuningdek, rasmiy Baku aybdorlarni tezroq topiş va ularga çora körişni talab qilgan.
“Biz Rossiyadan uşbu iş böyiça zudlik bilan tergov ötkazişini va uşbu nomaqbul zöravonlik uçun javobgarlarni imkon qadar tezroq javobgarlikka tortişini kutamiz”, deyiladi Taşqi işlar vazirligi bayonotida.