Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yer Saturndagi kabi halqaga ega bölsa, nimalar özgaradi?

24 марта
Ер Сатурндаги каби ҳалқага эга бўлса, нималар ўзгаради?

Agar Yer Saturndagi kabi halqalarga ega bölganida, osmon ulkan yorqin yoylar bilan qoplanar, sayyorada iqlim özgarişlari yuz berişi va kosmik parvozlar ança murakkablaşişi mumkin edi. Olimlar Yer taxminan 466 million yil avval halqalarga ega bölgan bölişi mumkinligini ham taxmin qilmoqda. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Yer atrofidagi halqalar asteroid parçalaridan hosil bölgan bölişi mumkin. Uşbu bölaklar millionlab yillar davomida sayyora yuzasiga meteoritlar şaklida tuşib turgan. Agar bunday halqalar hozir ham mavjud bölganida, ular Yer osmonida ulkan yorqin yoylar hosil qilib, dunyoning turli hududlaridan körinib turardi.

Bunday hodisa nafaqat osmon manzarasini, balki sayyoradagi tabiiy jarayonlarni ham özgartirişi mumkin edi. Xususan, halqalar Quyoş nurining Yer yuzasiga yetib borişiga tösqinlik qilib, ayrim hududlarda soyalar hosil qilardi. Natijada bu joylarda harorat pasayişi, qiş fasli sovuqroq kelişi va qişloq xöjaligi şaroiti özgarişi ehtimoli bor.

Mutaxassislarning fikriça, iqlimga tasir halqalarning hajmi, ziçligi va joylaşuviga boğliq bölardi. Agar ular yupqa va siyrak çang qatlamidan iborat bölsa, tasiri sezilmasligi mumkin. Aksinça, keng va ziç halqalar Quyoş energiyasining Yerga yetib kelişini sezilarli darajada çeklaşi mumkin edi.

Yer halqalari mavjud bölganida, ularning körinişi kuzatuvçining qayerda joylaşganiga ham boğliq bölardi. Masalan, ekvator hududlarida halqalar osmon böylab ingiçka çiziq şaklida körinsa, örta kengliklarda, jumladan, Moskva kabi şaharlarda ular ufqning bir çetidan ikkinçi çettigaça çözilgan yorqin yoylarga öxşardi.

Bundan taşqari, halqalar tunda ham yoruğlik qaytarib, atrof-muhitni qisman yoritişi mumkin edi. Yerning özi ham halqalarning ayrim qismlariga soya solib, osmondagi yorqin çiziqlarda qoronği hududlar paydo bölişiga sabab bölardi.

Şu bilan birga, bunday halqalar oddiy aviatsiyaga deyarli tasir körsatmasdi. Çunki samolyotlar uçadigan balandlik halqalar joylaşişi mumkin bölgan orbital hududlardan ança pastda joylaşgan.

Biroq kosmik parvozlar va suniy yöldoşlar uçun vaziyat ança murakkablaşardi. Halqalar tarkibidagi toş va çang zarralari yuqori tezlikda harakatlanişi sababli ular bilan töqnaşuv kosmik apparatlarga jiddiy zarar yetkazişi mumkin edi. Şu bois raketalarni uçiriş va suniy yöldoşlarni orbitaga joylaştirişda xavfsiz yönalişlarni tanlaşga töğri kelardi.

Halqalar astronomik kuzatuvlarga ham xalaqit berişi mumkin edi. Ularning yorqinligi tungi osmonning ayrim qismlarini tösib, xira yulduzlar va uzoq galaktikalarni kuzatişni qiyinlaştirardi.

Yerda hozir bunday halqalar mavjud emas va yaqin kelajakda ularning paydo bölişi kutilmaydi. Şunga qaramay, olimlar sayyora tarixining ayrim davrlarida halqalar mavjud bölgan bölişi mumkinligini istisno qilmaydi. Bunday tizimning uzoq muddatli tasiri esa Yer iqlimi va tirik organizmlar evolyutsiyasiga ham tasir körsatgan bölişi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Çanğe-6 missiyasi orqali Oyning narigi tomonidan Yerga olib kelingan tuproq namunalari olimlarga suniy yöldoş tarixidagi eng yirik zarbalardan birining qanday sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: