Rossiyaning Lvovga hujumi ortidan Polşa qiruvçilari havoga kötarildi
12-07-2025, 11:08
473 марта

Rossiyaning Lvovga hujumi ortidan Polşa qiruvçilari havoga kötarildi
Rossiya qöşinlari bugun, 12 iyulga ötar keçasi Lvovga yirik dron hujumini uyuştirdi. Bu haqda viloyat harbiy mamuriyati rahbari Maksim Kozitskiy malum qildi.Rasmiyning hisob-kitoblariga köra, şaharga 10 dan ortiq “Şahed” tipidagi dronlar zarba bergan. Lvov meri Andrey Sadoviy şahar markazidagi turarjoy binosiga zarar yetganini yozdi.
Turarjoy bölmagan binoning tomi ham yonib ketgan. Ğarbiy Ukrainaning boşqa mintaqalarida ham havo hujumi sirenalari elon qilindi: Ternopil, Ivano-Frankivsk va Rivne viloyatlari. U yerda heç qanday zarar qayd etilmagan.
Polşa armiyasining operativ qömondonligi Ğarbiy Ukrainaga zarbani Rossiyaning uzoq masofali aviatsiyasi tomonidan amalga oşirilganini malum qildi. Şu munosabat bilan “Polşa va ittifoqçi havo kuçlari Polşa havo hududida harakat qila boşladi”.
“Bir juft qiruvçi samolyotlar havoga kötarilib, yerdagi havo hujumidan mudofaa va radar razvedka tizimlari eng yuqori jangovar şay holatga keltirildi”, deya qöşimça qildi Polşa armiyasi.