USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ersin Tatar Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Özbekistonni ogohlantirdi

345 марта

Ersin Tatar Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Özbekistonni ogohlantirdi

image


Turkiyadan boşqa davlatlar tomonidan tan olinmagan Şimoliy Kipr Turk Respublikasi (ŞKTR) prezidenti Ersin Tatar Turkiy Davlatlar Taşkilotiga (TDT) azo bölgan bazi davlatlarning Yevropa Ittifoqi bilan tuzgan kelişuvlari normal ekanini, har bir davlat boşqa davlat yoki uyuşmalar bilan öz manfaatlari nuqtai nazaridan kelib çiqib munosabat örnatişini aytdi. U bu haqda keça, 15 aprel kuni Turkiya sayohat agentliklari uyuşmasi vitse-prezidenti Davut Gyunaydin boşçiligidagi delegatsiyani prezidentlik qarorgohida qabul qiliş jarayonida söz oçgan.  
Uçraşuvda jurnalistlarning savollariga javob bergan Ersin Tatar joriy yilning 3-4 aprel kuni Samarqandda ötgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinçi sammiti deklaratsiyasida tomonlar Şimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olmaslik va hamkorlik qilmaslik böyiça kelişuvga imzo çekkaniga etibor qaratgan, deb yozmoqda “Anadolu” agentligi. 

“Bu holat, ehtimol, ular Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari kontekstida bunday jarayonga kirganlari uçun yuzaga bölgan. Bu normal holat, axir, bu mamlakatlar Yevropa Ittifoqi bilan turli xil loyihalarga ega va xususiy sektor hamda davlat nuqtai nazaridan öz manfaatlari va foydalari bor. Takidlanganidek, moliyaviy loyihalar, moliyaviy hissalar, şuningdek, Yevropa Ittifoqi ularni turli tijorat ölçovlarida taqdim etişi mumkin bölgan tijorat imkoniyatlari mavjud”, deydi Tatar. 

U, Şimoliy Kipr Turk Respublikasining barça TDTga azo davlatlarga nisbatan sevgi va mehr-muhabbati borligini va öz mamlakatining bir xil madaniyat va tilda sözlaşuvçi davlatlar ittifoqida bölişidan muhimroq narsa bölmasligini bildirdi. 

Tatarga köra, bugungaça Şimoliy Kipr Turk Respublikasining Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston va TDT doirasidagi boşqa azo davlatlar bilan aloqalari rivojlanib bormoqda. Şu vaqtgaça bu mintaqada bunday aloqalarga ega bölmagan Yevropa Ittifoqining esa bugungi kunda uşbu şartnomani tuzişdan asosiy maqsadi 2022 yildan beri TDTga kuzatuvçi sifatida kirgan Şimoliy Kipr Turk Respublikasining yöliga töğanoq bölişdir. 

Prezident Ersin Tatar, Kipr bilan boğliq Turk tezisining yagona yeçimi oralda ikki davlat bölişi kerakligini tuşuntirib, turkiy davlatlarining yunonlar bilan aloqa örnatganlari kabi Şimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan ham aloqa örnatişini kutganliklarini ifoda etdi. 
Tatar, şuningdek, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Turkmanistonning Yevropa Ittifoqi bilan imzolagan sönggi kelişuviga BMTning ŞKTRni tan olmaslik va hamkorlik qilmaslik böyiça rezolyutsiyasi turkiy davlatlar tomonidan etibordan çetdan qoldirilgan bölişi mumkinligiga işora qilgan.

“Bu moddalarning natijasi qayerga olib borişini, kimga va qanday oqibatlarga olib kelişini bilişadimi?", degan savolni köndalang qöygan Tatar.

Yevropa Ittifoqi bilan kelişuvning turkiy davlatlar uçun foydali bölişini tilagan prezident Tatar quyidagilarni qöşimça qilgan:
 
“Turkiy davlatlar Gretsiya tomoni bilan munosabatlarida biroz ehtiyotkor bölişlari kerak. Ular Yevropa Ittifoqi bilan aloqada bölişi mumkin. Yevropa Ittifoqi ittifoqdir, lekin u 800 ming aholisi bölgan yunonlar suvereniteti ostida emas. Turkiy davlatlar ham Kipr yunonlari bilan aloqa örnatişi mumkin, ammo ular ehtiyot bölişlari kerak, çunki kipr yunonlari öynagan öyin butunlay boşqaça. Aslida, greklar öynayotgan öyin ğayriinsoniydir. Rumlarga Kipr Turk xalqining huquq va qonunlari turkiy davlatlar tomonidan röyxatga olinmagunça kutişlari aytilişi kerak. “Kelişuv bölganidan keyin yana körişamiz”, qabilida muomala qilinişi kerak, menimça”, deydi Tatar. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: