USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Putin köpçilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

438 марта
“Putin köpçilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp 

Agar Rossiya va Ukraina örtasida 50 kun içida kelişuv bölmasa, AQŞ Rossiyaga qarşi “juda qattiq” bojlar joriy etadi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan ötkazilgan matbuot anjumanida malum qilgan.

Tramp Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan tez-tez suhbatlaşişini, ammo bu suhbatlar natija bermasligini, çunki Rossiya rahbari boşqalarni aldaşda davom etayotganligini bildirgan.


“Men u bilan uruşni töxtatiş kerakligi haqida köp gaplaşaman. Göşakni qöyib, ajoyib suhbat böldi deyman. Keyin yana raketalar uça boşlaydi. Bu ğalati, deb öylayman. Bunday holat 3-4 marta takrorlangaç, bu suhbatlarning heç qanday manosi yöqligini tuşunib yetdim”, deydi Tramp.

“U usta odam. U köp kişilarni aldadi. Buş, Klinton, Obama, Baydenni, lekin meni aldolmadi”, deya qöşimça qilgan Amerika prezidenti.

Oq uy rahbarining aytişiça, unga Ukraina böyiça kelişuv allaqaçon bir neça bor tuzilgandek tuyulgan.
“Menga şunday tuyuldiki, biz Ukraina böyiça tört marta kelişuvga erişdik, endi esa uni tuziş haqida gapirişda davom etmoqdamiz”, dedi u.
AQŞ prezidenti Rossiyaning tinç hamkorlik uçun salohiyatini alohida takidlagan.

“Bilasizmi, agar ular öz resurslarini uruş uçun emas, balki boşqa maqsadlarda işlatsa, uning mamlakati savdo va boşqa sohalar uçun ajoyib imkoniyatlarga ega. Uning salohiyati juda katta. Men şunday degan bölardim”, deydi Oq uy rahbari.

Ukrainadagi vaziyat keskinlaşganda qançalik uzoqqa borişga tayyorligi haqidagi savolga AQŞ prezidenti “Menga bunday savollarni bermang”, deya javob bergan. Şu bilan birga, u mojaroni hal qilişga tayyorligini takidlagan.

NATO boş kotibi Mark Ryutte Trampning bayonotlarini qöllab-quvvatlab, ularni “Ukraina uçun ajoyib yangilik” deb atagan.

“Agar men Vladimir Putinning örnida bölganimda va siz keyingi 50 kun içida nimalarni rejalaştirayotganingizni eşitganimda, Ukraina bilan muzokaralar stoliga ötiriş kerakmi, deb öylardim”, dedi Ryutte.
AQŞ senatorlari 13-iyul kuni prezident Donald Trampga Rossiyaga qarşi keskin sanktsiyalar kiritiş töğrisida taklif berdi. Unda Moskvaga yordam beradigan davlatlarga 500 foizlik boj soliş nazarda tutilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: