Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan
foydalanamiz.
Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati
va Foydalanish
shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni töliq yopildi
20-07-2025, 16:39
483 марта
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni töliq yopildi Dronlardan biri Zelenograddagi köp qavatli uyga kelib urilgan. Aeroportlardagi kollaps tufayli yölovçilar polda va suniy gazonlarda uxlaşga majbur bölmoqda. 20 iyulga ötar keçasi Moskvaga ukrain dronlarining navbatdagi hujumi kuzatildi. Şahar meri Sergey Sobyaninga köra, 19 iyul kuni soat 18:00 dan boşlab Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari 20 dan ortiq dronni urib tuşirişga muvaffaq bölgan. RF mudofaa vazirligi Moskva regioni ustida urib tuşirilgan 19 ta uçuvçisiz uçiş qurilmasi haqida xabar bergan, şundan 16 tasi töğri Moskva tomon uçgan. Dronlardan biri Zelenograddagi turar joy binosiga urilgan – Sobyanin «dastlabki malumotlarga köra, jiddiy şikastlaniş hamda jabrlanganlar yöqligi»ni malum qilgan. Uy yaqinida turgan ikkita avtomobil yonib ketgan. Ukraina qurolli kuçlarining bu miqdordagi dronlarining poytaxtga hujumi sönggi bor 6 mayda, Rossiyada Ğalaba kuni nişonlanişi arafasida kuzatilgandi. 20 iyulga ötar keçasi amalga oşirilgan hujum fonida Moskvadagi Şeremetevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari bir neça soat mobaynida samolyotlarni uçiriş va qabul qilişga çeklovlar örnatişga majbur böldi. Çeklovlar Nijniy Novgorod, Kaluga va Yaroslavldagi aeroportlarga ham taalluqli bölgan. Bu haqda Rosaviatsiya rasmiy vakili Artem Korenyako telegram-kanalda şunday yozadi:
Havo kemalarini qabul qiliş va çiqariş böyiça vaqtinçalik çeklovlar joriy etildi. Çeklovlar parvozlar xavfsizligini taminlaş uçun zarur. Havo kemalari ekipajlari, aviadispetçerlar va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini taminlaş uçun barça zarur çoralarni körmoqda – bu ustuvor vazifa. «Aeroflot» Şeremetevodagi çeklovlar tufayli «jadvalga tuzatiş kiritişga majbur böldi» – parvoz vaqti özgartirildi va bazi reyslar, masalan, Minskka ikkita reys bekor qilindi. «Pobeda» vakillari ham «majburiy tuzatişlar» haqida xabar berişgan. Çeklovlar Rossiyaning boşqa aeroportlariga ham tasir qildi. Xususan, Krasnoyarskdan Moskvaga «Aeroflot», «Pobeda» va NordStar samolyotlari uça olmagan. Peterburgning Pulkovo aeroporti, Rosaviatsiya malumotlariga köra, Moskvaga parvoz qilgan 30 ga yaqin reysni qabul qilgan. Korenyakoning yozişiça, jami 134 ta samolyot zaxira aerodromlarga yönaltirilgan.