Kreml Putin va Zelenskiy uçraşuvi uçun şartlarni malum qildi
24-07-2025, 15:26
590 марта

Kreml Putin va Zelenskiy uçraşuvi uçun şartlarni malum qildi
Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar mazmunli bölişi kerak va har tomonlama tayyorgarlikdan sönggina ikki davlat rahbarlarining ehtimoliy uçraşuvi haqida gapiriş mumkin böladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 24 iyul kuni malum qildi.Keça, 23 iyul kuni Istanbulda bölib ötgan muzokaralarning uçinçi raundi yakunlarini şarhlar ekan, matbuot kotibi Kreml maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundidan muvaffaqiyat kutmaganini takidladi.
“Biroq, gumanitar kun tartibini muhokama qiliş faktini, şuningdek, Rossiyaning onlayn muloqot formati uçun işçi guruhlarini yaratiş taklifini ijobiy baholaş kerak”, dedi u.Peskov Rossiya tomoni öziga xos va mazmunli kun tartibini taklif qilganini, endi asosiy etiborni konstruktiv işlarga qaratiş muhimligini takidladi.
“Rossiya va Ukraina Prezidentlarining oliy darajadagi uçraşuvi haqida suhbat faqat jiddiy işlar amalga oşirilgandan keyingina ötkazilişi mumkin”, deya qöşimça qildi u.
Bunday uçraşuvni avgust oyi oxirigaça ötkaziş imkoniyatini izohlar ekan, Peskov zarur tayyorgarlik hajmini hisobga olib, “bu masofani bir sakraşda qanday bosib ötişni” tasavvur qiliş qiyinligini aytdi.
Bundan taşqari, Peskov Kreml “Ukraina hududida uşlab turilgan tinç aholi” taqdiridan xavotirda ekanini aytdi.
“Ularning köplari amalda garovda qolmoqda”, dedi u.
Uning sözlariga köra, Rossiya harbiylari “Rossiya hududi xavfsizligini taminlaş uçun Ukraina bilan çegarada bufer zonalar yaratiş uçun barça zarur çoralarni körmoqda”.
Ğarb davlatlari bilan özaro aloqalar haqida gapirar ekan, Kreml vakili, agar kerak bölsa, Vaşington bilan aloqani zudlik bilan taşkil qiliş mumkinligini takidladi.
Şu bilan birga, Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQŞ Prezidenti Donald Trampning Xitoyda bölişi mumkin bölgan uçraşuvi böyiça aniq muhokamalar ötkazilmaganini aytdi.
“Kremlda Oq uyning amaldagi rahbarining Xitoyga boriş rejalari haqida ham malumot yöq”, dedi Peskov.