Tramp Rossiya yaqiniga yuborgan 2 suvosti kemasi manziliga yetib bordi
4-08-2025, 12:15
647 марта

Tramp Rossiya yaqiniga yuborgan 2 suvosti kemasi manziliga yetib bordi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev bilan sirtdan janjallaşganidan söng “tegişli hududga” joylaştirişni buyurgan AQŞning ikkita yadroviy suvosti kemasi belgilangan manzilga yetib bordi. Bu haqda keça, 3 avgust kuni Tramp Nyu-Jersidan Vaşingtonga uçişidan oldin jurnalistlarga malum qildi.“Ular allaqaçon bölişi kerak bölgan mintaqada”, dedi Tramp.
U suvosti kemalari qaysi mintaqada joylaştirilgani, ular yadro inşootlari yoki yadroviy qurollar bilan jihozlanganiga aniqlik kiritmadi. AQŞ yadroviy suvosti kemalarining joylaşuvi juda sirligiça qolmaoqda.
Trampning ikkita yadroviy suvosti kemasini “tegişli hududlarga” jönatiş haqidagi buyruği 1 avgust kuni malum böldi. U bu harakatini Dmitriy Medvedevning “öta provokatsion bayonotlari” bilan izohladi.
28 iyul kuni Medvedev X ijtimoiy tarmoğida Rossiyaga qarşi sanktsiyalar tarafdori bölgan amerikalik senator Lindsi Grem bilan janjallaşib qolgan.
U Oq uy rahbarining yangi ultimatumini – Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişiş muddatini 50 kundan 10 kunga qisqartirişni – Rossiya va AQŞ örtasidagi “tahdid va uruş sari qadam”, Tramp va Gremni esa “bobolar” deb atadi.
Bunga javoban Tramp 31 iyul kuni Truth Social'da Rossiya neftining yirik importçilaridan biri bölgan Hindiston va Rossiya iqtisodlarini “ölik” deb atadi. U Medvedevni “tilini tiyişga” çaqirdi va “juda xavfli hududga kirayotganini” qayd etdi.
Öşa kuni Medvedev özining Telegram-kanalida “Rossiya sobiq prezidentining bazi sözlari butun, dahşatli AQŞ Prezidentida şunday asabiy reaktsiyaga sabab böladigan bölsa”, “Rossiya hamma narsada haq va öz yölidan borişda davom etadi”, deb yozdi.