“Soğlomman”. Ramzan Qodirov köriniş berdi
7-08-2025, 06:55
486 марта

“Soğlomman”. Ramzan Qodirov köriniş berdi
Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvçi Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov hukumat yiğilişida qatnaşib, özining “soğlom” ekanini malum qildi. U özining Telegram-kanalida uçraşuv aks etgan videoyozuvni joylaştirdi.“Duşmanlarimiz bilişlari uçun yana takrorlayman: men soğlomman. Menimça, har kuni yiğiliş ötkazişga hojat yöq, çunki iş barça sohalarda yölga qöyilgan va muvaffaqiyatli ketmoqda”, dedi Qodirov.
Uçraşuv çoğida Çeçeniston rahbari ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi “tuhmat va dezinformatsiya”ni bostiriş böyiça “işni faollaştiriş” böyiça körsatma bergan. Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov uni bunday işlar Rossiyaning boşqa hududlarida ham olib borilayotganiga işontirdi.
Turkiyadagi taxmin qilingan voqeadan söng birinçi ommaviy videoda ham Qodirov özining soğliği yaxşi ekanini körsatgan – u velosipedda pedal aylantirib, “tanaffusdan keyin maşğulotlarga qaytayotganini” aytgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa etiborni Çeçeniston rahbari juda ozganiga qaratmoqda.
Oxirgi bir neça yil içida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qodirovning oğir xastaligi haqidagi miş-mişlar tinimsiz tarqaldi. 2024 yil aprelida “Novaya gazeta Yevropa” manbalarga tayanib, 2019 yilda Çeçeniston rahbariga oşqozonosti bezi nekrozi taşxisi qöyilgani haqida yozgan