Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berişda aybladi
18-04-2025, 10:46
173 марта
Ukraina öz razvedka idoralari orqali Xitoy Rossiyani artilleriya va porox bilan taminlayotgani haqida malumot oldi, bundan taşqari, Xitoy vakillari Rossiya hududida bazi qurollarni işlab çiqariş bilan şuğullanayotgani haqida dalillar mavjud. Bu haqda keça, 17 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan bölib ötgan uçraşuvda söz oçdi.“Biz nihoyat Xitoy Rossiya Federatsiyasiga qurol yetkazib berayotgani haqida malumot oldik. Bugun bizda xavfsizlik xizmati, razvedka idoralaridan porox va artilleriya haqida umumiy malumotlar bor. Öylaymanki, kelgusi hafta bu haqda batafsil gaplaşamiz. Biz bilamizki, Xitoy vakillari Rossiya hududida bazi qurol-yaroğlarni işlab çiqariş bilan şuğullanadi”, degan Zelenskiy.
Şuningdek, Zelenskiy Xitoy Raisi Si Tszinpin bilan suhbat çoğida qurol sotmaslik va Rossiyaga jönatmaslik haqida söz berganini eslagan.
“Ammo, afsuski, biz hozir turli xil malumotlarni körmoqdamiz. Bizda Xitoy va Rossiyaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça qilgan işlari haqida allaqaçon faktlar bor va bu yomon faktlar”, degan Ukraina rahbari.
Uning qöşimça qilişiça, Ukraina uşbu ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik faktlarini körib çiqadi.