Ultimatum muddati tugagan kuni Rossiya Buçadagi bolalar boğçasiga zarba berdi
8-08-2025, 17:50
163 марта

Ultimatum muddati tugagan kuni Rossiya Buçadagi bolalar boğçasiga zarba berdi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning rossiyalik mavqedoşi Vladimir Putinga Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça ultimatum muddati tugagan kuni Rossiya Federatsiyasi qöşni davlatga yangi yirik dron zarbasini berdi. Bugun, 8 avgustga ötar keçasi Rossiya kuçlari Ukrainaga 100 dan ortiq havo hujumi qurollari, jumladan, 104 ta Şahed tipidagi hujumçi uçuvçisiz samolyotlar, har xil turdagi dron imitatorlari, şuningdek, 8 ta tezyurar (reaktiv) dron bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuçlari malum qildi.“Zarba Smolensk viloyatidagi Şatalovo, Krasnodar ölkasining Kursk, Bryansk, Primorsko-Axtarsk, şuningdek, anneksiya qilingan Qrimdan amalga oşirildi”, deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, Ukraina bölinmalari mamlakat şimoli, janubi, şarqi va markazida 82 ta rus dronlarini, şu jumladan, 3 ta reaktiv va 79 ta Şahed tipidagi hujumçi dron va har xil turdagi dron imitatorlarini urib tuşirişga yoki bostirişga muvaffaq böldi. 10 ta joyda 26 ta uçuvçisiz samolyotlar urib tuşirilgan.
Rossiya tomonidan öqqa tutilgan nişonlardan biri Kiyev viloyatidagi Buça fuqarolik infratuzilmasi edi. Şahar meri Anatoliy Fedoruk Facebook'da bolalar boğçasi va yettita xususiy uyga zarar yetganini malum qildi. U havo hujumidan mudofaa kuçlarining samarali işini qayd etib, hujum qiluvçi uçuvçisiz samolyotlarning aksariyat qismi yöq qilinganini bildirdi.
“Ayrim obektlar vayron bölgan va ularni qayta tiklaş zarur. Asosiysi, hamma tirik”, dedi mer.