Putin Alyaskaga borgan birinçi Rossiya rahbari böladi
12-08-2025, 09:56
276 марта

Putin Alyaskaga borgan birinçi Rossiya rahbari böladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ tomonidan 1876 yilda Rossiya imperiyasidan sotib olingan Alyaska ştatiga taşrif buyurgan birinçi Rossiya yetakçisi böladi.
Putin 15 avgust kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşib, Ukraina va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilişni rejalaştirmoqda. Bu uning AQŞga köp yillardan keyingi birinçi taşrifi böladi. Putinning 2015 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasida iştirok etiş uçun Nyu-Yorkka qilgan safari uning AQŞga sönggi taşrifi bölgandi.
Qöşma Ştatlarga ötmişda Nikita Xruşçev, Leonid Brejnev, Mixail Gorbaçyov, Boris Yeltsin va Dmitriy Medvedevlar borgan, biroq Putin Alyaskaga taşrif buyurgan birinçi Rossiya rahbari sifatida tarixda qoladi.
1732 yilda ikki tadqiqotçi Mixail Gvozdev va Ivan Fedorov tomonidan kaşf etilgan Alyaska ötgan yillar davomida savdogarlar uçun magnitga aylandi. Dastlab, bu hudud Rossiya hududi bölgan va möyna savdosi orqali Rossiya davlatiga daromad keltirgan. 1799 yilda mintaqada Rossiya-Amerika kompaniyasi taşkil etilgan.