USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğiston aholi jon boşiga YaIMda Rossiyadan özib ketdi

168 марта

Qozoğiston aholi jon boşiga YaIMda Rossiyadan özib ketdi

Qozoğiston hozirgi narxlar böyiça jon boşiga YaIM darajasi böyiça Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi hududida yetakçiga aylanib, Rossiya, hatto Xitoyni ham ortda qoldirdi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamğarmasi elon qilgan statistikada keltirilgan.

Malumotlarga köra, joriy yilda uşbu körsatkiç Qozoğistonda 14,77 ming dollarni taşkil etmoqda. Bu Rossiya (14,26 ming dollar), Turkmaniston (13,34 ming dollar) va hatto Xitoy (13,69 ming dollar)dan yuqori. Özbekistonda mazkur körsatkiç 3,51 ming dollarga teng, yani qöşni davlatnikidan qariyb 4,2 baravar past.
Röyxatda boşqa davlatlar ham keltirilgan: Gruziya (9,57 ming dollar), Armaniston (8,86 ming dollar), Moldova (8,26 ming dollar), Belarus (7,88 ming dollar), Ozarbayjon (7,6 ming dollar), Ukraina (6,26 ming dollar), Qirğiziston (2,75 ming dollar) va Tojikiston (1,43 ming dollar).

Uşbu körsatkiç hozirgi narxlar va inflyatsiyani inobatga oladi, şu sababli mamlakatning iqtisodiy farovonlik darajasini ança aniq aks ettiradi. Taqqoslaş uçun, ilgari MDH makonida iqtisodiy yetakçi hisoblangan Rossiya 14,26 ming dollar körsatkiç qayd etgan, energiya resurslariga boy Turkmaniston esa 13,34 ming dollar. 

Mutaxassislar bu yutuqni bir neçta asosiy omillar bilan izohlamoqda. Qozoğiston katta neft, gaz, uran va boşqa resurs zaxiralariga ega bölib, energiya resurslari va foydali qazilmalar eksporti iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvçi kuçi bölib qolmoqda. Sönggi yillarda mamlakat xomaşyoni qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişni faol rivojlantirmoqda.
Izçil olib borilgan islohotlar biznes muhitini yaxşilab, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan va infratuzilmani, ayniqsa transport, logistika hamda texnologiyalar sohasini modernizatsiya qilingan. Talim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy sohalarga investitsiyalar aholi turmuş darajasini oşirib, mehnat unumdorligi va içki bozor rivojiga turtki bergan.

Qozoğistonning Yevropa va Osiyo örtasidagi strategik joylaşuvi, “Bir kamar, bir yöl” kabi taşabbuslarda iştiroki hamda Rossiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Şu bilan birga, Qozoğiston makroiqtisodiy barqarorlikni – past inflyatsiya, mustahkam tenge kursi va muvozanatli byudjetni saqlab qolmoqda, bu esa global çaqiriqlarga bardoş berişga yordam bermoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: