USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Putin yutdi”. Alyaskadagi sammitga OAV qanday munosabat bildirdi?

1 083 марта

“Putin yutdi”. Alyaskadagi sammitga OAV qanday munosabat bildirdi?

Alyaskadagi Elmendorf-Riçardson qöşma harbiy bazasida Toşkent vaqti bilan bugun, 16 avgust kuni soat 4:25 lar atrofida AQŞ va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uçraşuvi yakunlandi. Ular örtasidagi yuzma-yuz muzokaralar qariyb uç soat davom etdi. Söngra ikki delegatsiya vakillari bilan suhbat bölib ötdi. Suhbat yakunida AQŞ va Rossiya yetakçilari matbuot oldiga çiqdi. Prezidentlar qisqa bayonotlar bilan çeklanib, jurnalistlarning savollariga javob bermadi.
Oq uy rahbari Amerika-Rossiya muzokaralari yakunida “Fox News” telekanaliga intervyu berdi.
Donald Tramp intervyusida aytgan asosiy fikrlar:
  • Alyaskadagi muzokaralarda, jumladan, Ukraina xavfsizligiga oid kafolatlar masalasi ham köp jihatdan kelişib olindi;
  • Ukraina böyiça kelişuvga erişiş imkoniyati endi Zelenskiy va Yevropa davlatlariga boğliq;
  • Zelenskiy Rossiya bilan mojaro sabab köp narsani yöqotayotganini tan olişi lozim;
  • Tramp Rossiyani qudratli davlat deb bilişini, Ukrainani esa bunday kuçga ega emasligini aytdi va Kiyevga “bitim tuzişni” maslahat berdi;
  • Putin bilan muzokaralar davomida katta siljişlarga erişildi;
  • Ukraina böyiça kelişuv tuzilişi ehtimoli “ançagina yuqori”;
  • Ukrainadagi mojaroning tugaşi ham Putin, ham Zelenskiy uçun muhim yutuq böladi;
  • AQŞ Prezidenti Putin va Zelenskiy uçraşuvida iştirok etişi mumkinligini istisno etmadi;
  • Yevropa davlatlari ham Ukraina böyiça kelişuvda “qisman” iştirok etişi kerak;
  • Rossiya katta yadroviy salohiyatga ega va bu bilan hisoblaşiş lozim.
Alyaskadagi uçraşuvni jahon OAV qanday baholadi?

“Putin uçraşuvni ayrim ğalabalar bilan yakunladi. U AQŞga taşrif buyurişga erişdi – bu oz narsa emas va Trampdan iliq “mehmondöslik” oldi, şuningdek, Rossiyaga qarşi qöşimça sanktsiyalarning navbatdagi keçiktirilişini qölga kiritdi”, deb yozadi “The New York Times”.

CNN’ga köra, Putin qöşma matbuot anjumanini oçib bergan, bu esa odatdagi protokoldan çetga çiqiş hisoblanadi.

“Associated Press” esa Tramp va Putin matbuot anjumanini heç qanday savollarga javob bermay va Ukrainaning kelajagi böyiça muzokaralar tafsilotlarini oşkor etmay yakunlaganidan afsus bildirdi.

“The New York Times” şuni qayd etadiki, Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida qariyb uç soatlik uçraşuvdan söng Donald Tramp erişilgan siljişlarga noaniq, ammo ijobiy baho bergan. Naşrning fikriça, Putin uçun uçraşuv muayyan ğalabalar bilan yakunlandi.

“U AQŞga taşrif buyurdi. Bundan taşqari harbiy bazaga. Uni Tramp iliq kutib oldi, şuningdek, Rossiyaga qarşi ikkilamçi sanktsiyalar yana bir bor keçiktirildi”, deb yozadi gazeta.

“The Sun”: Qariyb uç soatlik uçraşuvdan söng AQŞ Prezidenti tomonlar ayrim yirik masalalarda kelişib olganini aytdi, biroq ikki liderdan heç biri Ukrainada öt oçişni töxtatişni tilga olmadi.

“Sönggi paytlarda ötkazilganlar içida eng köp etiborni tortgan sammit allaqaçon yakunlandi va ikki Prezident ham uni muvaffaqiyatli, deb hisoblamoqda. Qöşma matbuot anjumani çoğida Donald Tramp ikki yarim soat davom etgan uçraşuvni “juda samarali” deb atadi”, deb yozadi “El Pais”.
“Bloomberg”ning yozişiça, ularning uzoq suhbatiga qaramay, ikki lider ham muhokama tafsilotlarini oçiq bildirmagan va tomonlar umumiy til topişgan-topişmaganini körsatmagan. Bunday holat, ehtimol, Yevropa poytaxtlari va Kiyevda ularning hissasi ikkinçi darajaga surilayotgan bölişi mumkin bölgan kelişuv böyiça xavotirlarni kuçaytiradi.
“Tramp yutqazmadi, ammo Putin aniq yutdi”, deydi Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton.
Uning sözlariga köra, Tramp “yangi uçraşuvlardan boşqa heç narsa olmadi”. Putin esa köp narsaga erişdi. U sanktsiyalardan qutuldi. Uni öt oçişni töxtatiş xavfi kutmayapti. Keyingi uçraşuv belgilab qöyilmagan.
“Zelenskiy muzokaralarda iştirok etmadi. Bu heç qanaqasiga yakun emas. Menimça, Putin xohlagan narsasining katta qismini qölga kiritdi”, deydi u.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: