Putin Ukraina xavfsizligining kafolatçi davlati nomini aytdi
17-08-2025, 11:47
882 марта

Putin Ukraina xavfsizligining kafolatçi davlati nomini aytdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Alyaskadagi Rossiya-AQŞ sammitida Xitoyni Ukraina xavfsizligining ehtimoliy kafolatlaridan biri sifatida tilga oldi. Bu haqda “Axios” öz manbasiga tayanib xabar berdi.Naşrning yozişiça, bu bilan Putin NATO qöşinlaridan iborat xavfsizlik kuçlariga qarşi bölişiga şama qilgan.
NBC News xabariga köra, Qöşma Ştatlar tinçlik bitimi doirasida Ukraina uçun NATO tipidagi xavfsizlik kafolatining bir qismi bölişga tayyor, biroq Tramp Ukrainaga Amerika qöşinlarining kiritilişini bunday kafolat sifatida körmayapti. Ukrainaning NATOga qöşilişi haqida ham gap yöq.
“The Wall Street Journal” ham manbalarga tayanib, AQŞ Ukrainaga bevosita xavfsizlik kafolatlarini berişga har qaçongidan ham tayyor ekanini yozdi. Alyaskadagi sammitdan söng AQŞ Prezidenti va YeI yetakçilari Kiyev uçun NATOdan taşqarida, biroq “5-modda uslubida” kafolat berişni muhokama qilgan. Unda alyansni jamoaviy himoya qiliş tamoyili mustahkamlangan bölib, unga köra, blokning bir azosiga qilingan hujum barça azolarga qilingan hujum, deb hisoblanadi.
Ukraina tomoni Rossiya bilan ziddiyatni hal qiliş uçun xalqaro xavfsizlik kafolatlari zarurligini bir neça bor takidlagan. Ukrainaning asosiy talablari orasida harbiy va iqtisodiy yordam kafolatlari, zamonaviy qurol tizimlari va tezkor javob mexanizmlari mavjud.