Rossiya Ukrainaga yana dron va raketa bilan hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
21-08-2025, 23:09
347 марта

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketa bilan hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
Rossiya kuçlari bugun, 21 avgustga ötar keçasi Ukrainaning ğarbiy hududlariga keng kölamli raketa va dron hujumi uyuştirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari xabar berdi.Malumotlarga köra, hujumda jami 614 ta dron va raketa işlatilgan. Dronlar orqali Zakarpate viloyatidagi Mukaçevo şahri, şuningdek Lvov va Lutsk şaharlariga zarba berilgan. Lvovda raketa zarbasi oqibatida bir kişi halok bölgan, Mukaçevoda esa 15 nafar aholi jarohat olgan. Rossiyaning dron hujumi oqibatida Mukaçevo şahridagi bir korxona vayron bölgan, yonğin yuzaga kelgan.
Hududiy harbiy mamuriyat rahbari Miroslav Biletskiyning malumotiga köra, raketalar şahardagi bir korxonaga urilgan, oqibatda omborxonalar vayron bölgan va yonğin çiqqan. Ukrainaning Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga ijtimoiy tarmoqlarda yozişiça, raketa zarbasi katta miqdorda elektronika işlab çiqaruvçi Amerika kompaniyasiga tegib, jiddiy şikast yetkazgan va odamlar halok bölgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga köra, zarba “Flex-Ukraina” zavodiga yetkazilgan, bu zavod Flextronics kompaniyasiga tegişli bölib, u dunyo böyiça elektronika va dizayn böyiça yetakçi korxonalardan biridir.
Lvov şahrida raketa zarbasi oqibatida bir kişi halok bölgan, ikki kişi yaralangan. Viloyat mamuriyati rahbari Maksim Kozitskiy malumotiga köra, raketa zarbasi va dron hujumi oqibatida önlab uylarning tomi va derazalari şikastlangan, yonğinlar yuzaga kelgan.
Ertalab şahar markazida portlaşlar sodir bölgan, bir dron mahalliy vaqt bilan soat 04:30 atrofida portlagan. Lutsk şahrida esa kamida tört dron hujumi qayd etilgan. Hozirça Kiyev rasmiylari şaharga zarar yetgani haqida xabar bermagan, faqat havo hujumiga qarşi tizimlarning işlayotgani bildirilgan.
Bundan taşqari, Rossiya Rovno viloyatiga kamida törtta aeroballistik Kinzhal raketasi bilan zarba bergan. Soat 4:00 dan keyin dengizdan Kalibr raketalari, Tu-95MC samolyotlaridan esa X-101 raketalari uçirilgan.