USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞning Hindistonga 50 foizlik bojlari kuçga kirdi

112 марта

AQŞning Hindistonga 50 foizlik bojlari kuçga kirdi

Bugun, 27 avgust kunidan boşlab AQŞ Hindistondan olib kiriladigan mahsulotlarga 50 foizlik boj kuçga kirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Vaşington bu çorani Hindistonning Rossiya neftini xarid qilayotgani bilan izohlagan. Tomonlar beş bosqiç muzokara ötkazgan bölsa-da, natija bölmagan. Naşr manbasiga köra, Hindiston hukumatida bojlarning tez orada yumşatilişiga umid yöq. Rasmiylar eksportçilarga yordam berişni va eksport oqimlarini Xitoy, Lotin Amerikasi hamda Yaqin Şarq bozorlariga yönaltirişni rejalaştirmoqda. 


AQŞ Prezidenti Donald Trampning sözlariga köra, Moskva energiya savdosidan tuşgan mablağni Ukraina uruşini moliyalaştiriş uçun işlatmoqda. Qöşimça qilinişiça, bu Tramp savdo hamkorlariga qarşi qöllagan eng yuqori boj stavkalaridan biri hisoblanadi.
Şu bilan birga, boj barça mahsulotlarga emas, ayrim toifalarga tatbiq etilmoqda. Masalan, farmatsevtika mahsulotlari va kompyuter çiplariga istisno qilingan. Trampning aytişiça, kelajakda bu toifalar uçun ham alohida boj turlari joriy etilişi mumkin.
Sönggi uç hafta davomida AQŞ Hindiston importiga 25 foizlik jarima tariflarini qöllab kelayotgan edi. Endilikda ular 50 foizga yetdi.

Malumotlarga köra, Hindiston Rossiya neftining eng yirik xaridorlaridan biri bölib, Xitoydan keyin ikkinçi örinda turadi. 2022 yil fevralida uruş boşlanganidan buyon Hindistonning Rossiyadan neft importi 2 foizdan 36 foizgaça oşgan.
Tanqidçilarning takidlaşiça, ayrim Ğarb mamlakatlari rasmiy sanktsiyalarni qöllab-quvvatlayotgan bölsa-da, aslida Rossiya neftini Hindiston orqali xarid qilişni davom ettirmoqda. Boş vazir Narenda Modi esa mamlakat energiya taminotida mustaqillikka erişişni asosiy maqsad sifatida körsatmoqda.
“The New York Times” naşrining qayd etişiça, boj stavkasining oşişi AQŞ va Hindiston iqtisodiy aloqalarini zaiflaştirişi mumkin. Çunki Hindistonda yirik Amerika korporatsiyalarning uçdan ikki qismi faoliyat yuritadi. Bundan taşqari, vaziyat dunyodagi törtinçi yirik fond bozori hisoblangan Hindiston birjasidagi milliardlab xorijiy investitsiyalar barqarorligiga xavf tuğdirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: