Rossiyadagi konda özbekistonlik erkak halok böldi
28-08-2025, 13:07
445 марта

Rossiyadagi konda özbekistonlik erkak halok böldi
Joriy yilning 26 avgust kuni Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasi, Kuraginskiy tumanidagi konda 30 yoşli özbekistonlik erkakni toğ massasi bosib qoldi. Erkak hodisa oqibatida vafot etgan. Bu haqda Krasnoyarsk ölkasi prokuraturasi xabar berdi.Dastlabki malumotlarga köra, 30 yoşli Özbekiston fuqarosi mehnat patenti asosida “Artyomovskiy rudnik” AJ konida işlagan. U toğ jinslarini keyinçalik mustahkamlaş uçun burğulaş işlarini olib borgan. Şu paytda toğ massasi qulab tuşgan. Işçi qulab tuşgan jinslar ostida qolib, olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bölgan.

Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda kon odatdagi rejimda işlagan va yer ostida 48 kişi bölgan. Boşqa heç kim jarohat olmagan. Hozirda avariya yuz bergan hududda xavfsizlik postlari örnatilgan.
Qayd etilişiça, prokuratura mehnatni muhofaza qiliş va sanoat xavfsizligi böyiça qonunlarga rioya etilişi yuzasidan iş beruvçining ustidan tekşiruv ötkazadi. Jarayonga Mehnat inspektsiyasi va Rostexnazorat mutaxassislari jalb qilingan. Jinoyat işi qözğatiş masalasi körib çiqilmoqda.