Şavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda iştirok etadi


Xitoy xalqining yapon bosqinçilariga qarşi uruşi va Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligini nişonlaş marosimida 26 nafar xorijiy yetakçi iştirok etadi. Iştirokçilar orasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham bor. Bu haqda Xitoyning CCTV telekanali xabar berdi. 3 sentyabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida yubileyga bağişlangan harbiy parad ötkaziladi.
Telekanalning aniqlik kiritişiça, oliy martabali mehmonlar quyidagilar:
- Rossiya prezidenti - Vladimir Putin- KXDR yetakçisi - Kim Çen In
- Kambodja qiroli - Norodom Siamoni
- Viyetnam prezidenti - Liong Kyong
- Laos prezidenti - Txonglun Sisulit
- Indoneziya prezidenti - Prabovo Subianto
- Malayziya boş vaziri - Anvar Ibrohim
- Möğuliston prezidenti - Uxnaagiyn Xurelsux
- Pokiston boş vaziri - Şahboz Şarif
- Nepal boş vaziri - Khadga Prasad Şarma Oli
- Maldiv orollari prezidenti - Muhammad Muizzu
- Qozoğiston prezidenti - Qosim-Jömart Töqayev
- Özbekiston prezidenti - Şavkat Mirziyoyev
- Tojikiston prezidenti - Imomali Rahmon
- Qirğiziston prezidenti - Sadir Japarov
- Turkmaniston prezidenti - Serdar Berdimuhamedov
- Belarus prezidenti - Aleksandr Lukaşenko
- Ozarboyjon prezidenti - Ilhom Aliyev
- Armaniston boş vaziri - Nikol Paşinyan
- Eron prezidenti - Masud Pizişkiyon
- Kongo prezidenti - Deni Sassu-Ngesso
- Zimbabve prezidenti - Emmerson Mnangagva
- Serbiya prezidenti - Aleksandr Vuçiç
- Slovakiya boş vaziri - Robert Fitso
- Kuba yetakçisi - Migel Dias-Kanel
- Myanma prezidenti vazifasini bajaruvçi - Min Aung Hlaing
«Sinxua» agentligining xabar berişiça, Xitoy armiyasi harbiy-havo kuçlari parad vaqtida qiruvçi samolyotlarning bir neça turini, jumladan, ularning modernizatsiya qilingan modellarini namoyiş etadi.