USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞdan bir kunda önlab rossiyaliklar quvildi

91 марта

AQŞdan bir kunda önlab rossiyaliklar quvildi 

Joriy yilning 27 avgust kuni AQŞ hukumati 30 nafardan 60 nfargaça Rossiya fuqarosini mamlakatdan çiqarib yubordi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Deportatsiya qilinganlar orasida siyosiy boşpana söragan va Rossiyada qoçqinlikda ayblanayotgan sobiq harbiy ham bölgan. Ular AQŞdagi immigratsion qamoqxonalarda saqlanib, sudlarda yutqazgan yoki ixtiyoriy ravişda vatanga qaytişni tanlagan şaxslar ekani bildirilgan.
Rossiyaliklar Qohira orqali Moskvaga jönatilgan. Qohiradagi qönişda bazi deportatsiya qilingan uddaburonlar boşqa yönalişga ötib ketişga uringan, ammo ularni Misr maxsus xizmati xodimlari kaltaklagan va baribir Moskva reysiga ötkazib, qöl silkigança, Rossiya tomon kuzatib qöygan. Samolyot Moskvaga qöngaç, Rossiya çegara xodimlari deportatsiya qilinganlarni söroq qilgan, ulardan birini hibsga olgan. Qolganlar esa ozodlikka qöyib yuborilgan.

Huquq faoli Vladimir Oseçkinning malumotiga köra, Moskvaga qaytarilganlarning barçasi boşdan oyoq tekşiruvdan ötkazilib, soatlab söroq qilingan, ularning ayrimlariga bosim ötkazilgan va zöravonlik işlatilgan. Unga köra, deportatsiya qilinganlarning bir neçtasi, jumladan sobiq harbiylar ham qölga olingan va ularning ayrimlariga “armiyani tark etiş“, “ekstremistik faoliyatni moliyalaş“, “davlatga xiyonat” kabi moddalar böyiça tekşiruv boşlangan.

Şu bilan birga, bazi deportatsiya qilinganlarning yaqinlari Oseçkinning malumotini rad etgan. 

Malum bölişiça, bu Rossiya fuqarolarining AQŞdan ommaviy ravişda çiqarilişi böyiça ikkinçi katta deportatsiya sanaladi. Iyun oyida ham AQŞdan qariyb 40 rossiyalik çiqarib yuborilgan. Faollar yaqin kelajakda yana şunday deportatsiyalar bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: