Suriya 14 yil içida birinçi marta xorijga neft sotdi
2-09-2025, 16:18
93 марта

Suriya 14 yil içida birinçi marta xorijga neft sotdi
Suriya 14 yil içida birinçi marta xorijga neft sotdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Savdo kompaniyasi bilan kelişuv doirasida xorijga 600 ming barrel xom neft jönatildi. Aniqlik kiritilişiça, joriy yilning avgust oyida AQŞning çeklovlari bekor qilinişi bilan eksportni tiklaş mumkin böldi.
Suriya energetika vazirligi uşbu qadam neft sektorini jonlantiriş va mamlakatning jahon kompaniyalari bilan hamkorlik ufqlarini kengaytiriş uçun muhim ekanligini takidladi. Yaqin kunlarda yangi eksport yetkazmalari amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, mamlakatda inqiroz boşlangan va Ğarb sanktsiyalari joriy etilgan 2011 yildan buyon Suriya çet elga neft eksport qilmagan edi.