AQŞ Puerto-Rikoga 10 ta qiruvçi samolyot yuboradi
5-09-2025, 19:48
84 марта

AQŞ Puerto-Rikoga 10 ta qiruvçi samolyot yuboradi
AQŞ hukumati Puerto-Rikoga 10 ta F-35 rusumidagi qiruvçi samolyot yuborişga qaror qildi. Bu çoralar prezident Donald Trampning mamlakatga narkotiklar oqimini töxtatiş böyiça taşabbusi doirasida amalga oşirilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.Manbalarga köra, samolyotlar janubiy Karib mintaqasida faoliyat yuritayotgan narkoterrorçi guruhlarga qarşi operatsiyalarda iştirok etadi. Ular mintaqaga kelasi haftaning oxirigaça yetib borişi kutilmoqda.
Uşbu qaror AQŞ kuçlari Venesueladan giyohvand modda olib kelayotganlikda gumon qilingan qayiqqa zarba berib, 11 kişini yöq qilganidan söng elon qilinmoqda. Trampga köra, bu qayiqda Venesuelaning Tren de Aragua nomli jinoyatçi tödasi azolari bölgan.