“NATO hududining har bir qariçini himoya qilamiz” — AQŞning BMTdagi vakili
13-09-2025, 18:19
205 марта
“NATO hududining har bir qariçini himoya qilamiz” — AQŞning BMTdagi vakiliAQŞning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Doroti Şeya Polşa havo hududidagi hodisa ortidan Vaşington NATOga azo davlatlarning har bir qariç yerini himoya qilişini takidladi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Mazkur bayonot BMT xavfsizlik kengaşidagi muhokamalar çoğida bildirilgan. Şeyaga köra, Vaşington Polşa va boşqa ittifoqçilar bilan NATO nizomining 4-moddasiga muvofiq maslahatlaşuvlar ötkazmoqda.
“Işonç bilan aytaman: biz NATO hududining har bir qariçini himoya qilamiz”, dedi Şeya.
U, şuningdek, bu hodisa AQŞning Ukraina mojarosini tugatiş yölida olib borayotgan say-harakatlariga zid ekanini qayd etgan. Şu bilan birga, Rossiyaning BMTdagi doimiysi Vasiliy Nebenzya Polşa bilan keskinlikni kuçaytirişdan manfaatdor emasligini bildirgan. Unga köra, Polşa dronlar Ukrainadan uçib kelganini takidlagan bölsa-da, heç qanday dalilsiz Rossiyani ayblamoqda.