Rossiya qiruvçi samolyotlari Estoniya çegarasini buzib ötdi
20-09-2025, 15:15
83 марта

Rossiya qiruvçi samolyotlari Estoniya çegarasini buzib ötdi
Xabarda aytilişiça, samolyotda parvoz rejalari bölmagan va ularning transponderlari (qabul qilingan signalga javoban signal yuboruvçi uzatgiçlar) öçirilgan. Şuningdek, qoidabuzarlik vaqtida Estoniya havo harakatini boşqariş bilan ikki tomonlama radio aloqasi ham bölmagan.
Estoniya Taşqi işlar vazirligi bugunning özidayoq Rossiyaning rasmiy Tallindagi muvaqqat işlar vakilini çaqirib, unga norozilik notasini topşirdi.
Bu 2025 yilda Rossiya samolyotlarining Estoniya çegarasini törtinçi marta buzişi böldi. 7 sentyabr kuni Mi-8 vertolyoti ham Vayndlo oroli yaqinida Estoniya havo hududini buzgan edi. 22 iyun kuni esa xuddi şu mintaqada Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Il-76 transport samolyoti Estoniya havo hududiga ruxsatsiz kirgandi.
“Rossiya joriy yilda tört marta Estoniya havo hududini buzdi, bu öz-özidan qabul qilib bölmaydigan holat, biroq bizning havo hududimizga uçta qiruvçi samolyot kirib kelgan bugungi qoidabuzarlik misli körilmagan darajada beadablikdir”, dedi Taşqi işlar vaziri Margus Tsaxkna.Yevropa Ittifoqining ijtimoiy va taşqi siyosat böyiça oliy vakili Kaya Kallas qiruvçi samolyotlar tomonidan çegaraning buzib ötilişiga quyidagiça munosabat bildirgan:
“Bugun Rossiya harbiy samolyotlarining Estoniya havo hududini buzişi öta xavfli provokatsiyadir. Bu oxirgi kunlarda Yevropa Ittifoqi havo hududining uçinçi buzilişi bölib, mintaqadagi keskinlikni yanada kuçaytirmoqda. Yevropa Ittifoqi Estoniya bilan töliq birdam”, yozadi u.10 sentyabrga ötar keçasi Rossiyaning kamida 19 ta droni Polşa çegarasini kesib ötgandi, ularning katta qismi Belarusdan kelib çiqqan. Polşa samolyotlaridan taşqari boşqa NATO davlatlarining qiruvçi samolyotlari dronlarni tutib oliş uçun joylaştirildi. Varşava, Rossiya ataylab Polşaga hujum qilganini va Şimoliy Atlantika şartnomasining 4-moddasiga muvofiq NATO ittifoqçilari bilan maslahatlaşişni söraganini bildirdi.