RF raketasi Dniprodagi uyga urildi, Ukraina Rossiyadagi zavodlarga zarba berdi
21-09-2025, 18:27
263 марта

RF raketasi Dniprodagi uyga urildi, Ukraina Rossiyadagi zavodlarga zarba berdi
RF armiyasi navbatdagi marta Ukraina böylab yopirilma hujum uyuştirdi. Dniproda raketa köp kvartirali uyga borib tuşgan. Öz navbatida, Ukraina dronlari «Rosneft»ning Saratov va Novokuybişevskdagi zavodlariga hujum qilgan. Samara oblastida tört kişi halok bölgan.Rossiya qöşinlari 20 sentyabrga ötar keçasi Ukraina hududlariga raketa va dronlar bilan yoppasiga zarba berdi. Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari qömondonligi malumotlariga köra, 19 sentyabr kuni keçqurun Rossiya qurolli kuçlari Ukrainaga 579 ta «Şahed» tipidagi dronlar va imitator dronlar, şuningdek, 40 ta raketa uçirgan.

Dniproda kassetali öq-dorilar örnatilgan raketa köp qavatli turar joy binosiga kelib tuşdi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Şaharda yonğinlar sodir bölgan. Mahalliy rasmiylar bergan sönggi malumotlarga köra, tinç aholi vakillaridan bir nafari halok bölgan, yana 36 nafari yaralangan. Sakkiz nafar jabrlanuvçi şifoxonalarda qolmoqda.


Çernihiv oblasti rasmiylari ham bir kişi halok bölgani va sakkiz kişi jarohatlangani haqida malum qilgan.
Şuningdek, dronlar Kiyev şahri va Kiyev oblastiga hujum qildi.
«Duşman hujumi oqibatlari Buça, Borispol va Obuxov rayonlarida qayd etilmoqda. Borispol rayonida 10 ga yaqin garaj binolariga zarar yetgan. Obuxov rayonida duşman hujumi oqibatida xususiy turar joy binosida yonğin sodir böldi», - deyiladi oblast hokimligi xabarida.Buça rayonida urib tuşirilgan nişon bölaklari qulaşi oqibatida beşta yengil avtomobil yonib ketgan.