USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mirziyoyev AQŞdagi özbekistonliklar bilan uçraşdi

109 марта

Mirziyoyev AQŞdagi özbekistonliklar bilan uçraşdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞga amaliy taşrifi davomida ananaga köra, uşbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan özbekistonliklar, şuningdek, AQŞning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiatlari bilan uçraşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Norasmiy muhitda ötgan samimiy suhbat davomida Yangi Özbekistondagi islohotlarni amalga oşiriş bilan boğliq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surişda özbekistonliklar va ularni birlaştiruvçi taşkilotlarning iştiroki muhokama qilingan.

Uçraşuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan fuqaro va yoşlar örtasida muloqot maydonini yaratişga qaratilgan “Vatandoşlarning xalqaro biznes marafoni”ga start berilgan.

Iştirokçilar Özbekiston va AQŞ örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va talim aloqalarini kengaytiriş va mustahkamlaş, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQŞning ilğor texnologiyalarini joriy etiş, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari suriş, mamlakatda marketpleyslarni rivojlantiriş böyiça öz takliflarini bildirgan.
Davlat rahbari yiğilganlarga Özbekiston taraqqiyotiga qöşayotgan hissasi uçun minnatdorlik bildirib, aytilgan barça taklif va taşabbuslar mamlakat vazirlik va idoralari tomonidan puxta örganib çiqilişi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilişini takidlagan.

Özbekiston Prezidenti AQŞda “El-yurt umidi” stipendiatlari soni 500 nafardan oşganiga alohida etibor qaratgan. Istedodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va tajribasini mamlakatda qöllaş uçun imkoniyat yaratiş davlat siyosatining asosiy ustuvor yönalişlaridan biri ekanligi takidlagan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev talabalarga öqişda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, yoşlarning taşabbuslariga doimo oçiqligi va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini takidlagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: