Pezeşkiyon Nyu-Yorkdagi sessiyada AQŞ va Isroilni qoraladi
25-09-2025, 14:04
122 марта

Pezeşkiyon Nyu-Yorkdagi sessiyada AQŞ va Isroilni qoraladi
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon arab davlatlariga qarşi uyuştirilayotgan hujumlarni qoralab, barçasiga AQŞ va Isroil aybdor ekani va ular javob berişi kerakligini takidladi. Bu haqda Eron Prezidenti BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida aytib ötdi.U öz çiqişida haqiqiy xavfsizlik kuç işlatiş orqali emas, balki işonçni mustahkamlaş, mintaqaviy hamkorlik va özaro hurmat orqali taminlanişini takidlagan.
Pezeşkiyon AQŞ va Isroil tomonidan Eronga uyuştirilgan harbiy hujumlarni diplomatiya va tinçlikka nisbatan “katta xiyonat” deb atagan hamda Ğazo sektoridagi “genotsid” va “Katta Isroil” kontseptsiyasini qoralagan.
Eron Prezidenti, şuningdek, Ğarb davlatlarini Eron yadroviy kelişuvini izdan çiqarişda ayblagan. U rasmiy Tehron heç qaçon yadroviy qurol işlab çiqişga intilmagani va bunday maqsadga ega emasligini yana bir bor tasdiqlagan.
Nutq davomida Pezeşkiyon Ğazodagi “genotsid”, Livan va Suriya infratuzilmasining vayron qilinişi, Yaman xalqiga qarşi hujumlar va bolalar oçlikka mahkum qilinayotganini misol qilib keltirib, bu jarayonlarda Isroil va AQŞni asosiy aybdor sifatida tilga olgan. Unga köra, mazkur tajovuzkorlik nafaqat Eron, balki butun mintaqa barqarorligiga tahdid solmoqda.
Pezeşkiyon Eron xalqining tarixiy sabr-toqati va milliy birligini alohida qayd etgan.
“Eron heç qaçon bosqinçilarga böyin egmagan, bugun ham iymon va birlikka tayanib, tajovuzkorlarga qarşi tik turibdi”, deya urğulagan davlat rahbari.