Rossiyada markaziy osiyolik 2 kişi öldirildi. Ular terakt tayyorlaşda gumon qilingan
24-04-2025, 14:53
167 марта

Rossiyada markaziy osiyolik 2 kişi öldirildi. Ular terakt tayyorlaşda gumon qilingan
Rossiyada markaziy osiyolik ikki kişi öldirildi. Ular Nijniy Novgorod viloyatidagi neft-kimyo korxonasiga qarşi terrorçilik harakatini tayyorlaganlikda gumon qilingan. Dastlabki hibsga olişga urinişda ular qarşilik körsatgan va otişmada otib taşlangan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xabar berdi.“Nijniy Novgorod viloyatida Ukrainadagi maxsus xizmatlar tomonidan rejalaştirilgan diversiya-terrorçilik harakatining oldi olindi. Bu harakatda xalqaro terrorçilik taşkiloti ğoyalariga ergaşuvçi, Rossiya hududida taqiqlangan guruh tarafdori bölgan ikki nafar Markaziy Osiyo fuqarosi iştirok etgan”, deyiladi xabarda
FXXga köra, ular ukrainalik kurator körsatmasiga binoan, yaşirin joydan portlovçi qurilmalar örnatilgan dronlarni olib çiqib, ularni mintaqaning neft-kimyo sanoati korxonalaridan biriga qarşi işlatmoqçi bölgan. Hibsga oliş paytida ular qurolli qarşilik körsatgan va öldirilgan. Hodisa joyidan xorijda işlab çiqarilgan portlovçi modda bilan jihozlangan ikki dron, Kalaşnikov avtomati va Makarov pistoleti musodara qilingan.
“Gumonlanuvçilarning telefonlarida kurator bilan yozişmalar, şuningdek, portlovçi moddalar va öqotar qurollar saqlangan yaşirin joy koordinatalari aniqlangan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ularning Markaziy Osiyoning qaysi respublikasidan ekani haqida aniq malumot berilmagan.