Xorazmning turizm salohiyati Yaponiyada tarğib qilinmoqda
28-09-2025, 00:16
283 марта

Xorazmning turizm salohiyati Yaponiyada tarğib qilinmoqda
Yaponiyaning Ayçi prefekturasida joylaşgan “Aiçi Sky Expo” markazida nufuzli turizm tadbirlaridan biri — “Tourism EXPO Japan 2025” xalqaro körgazmasi öz faoliyatini boşladi.
Mazkur yarmarkada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidagi 1 200 dan ziyod turizm kompaniyalari, taşkilotlari va turoperatorlari öz stendlari bilan qatnaşmoqda.
Xorazm viloyati delegatsiyasi ham körgazmada faol iştirok etmoqda. Ular viloyatning boy turizm salohiyati, milliy ananalari va ekoturizm imkoniyatlarini keng tarğib qilmoqda. Xorazm stendiga taşrif buyuruvçilarga tarixiy-madaniy turizm, gastro turizm, agro turizm, qadimiy qalalar hamda milliy taomlar haqida batafsil malumot berilmoqda.
Xalqaro kölamdagi bunday tadbirlarda iştirok etiş Xorazm viloyati turizm salohiyatini jahon bozorida keng tarğib qiliş, yangi hamkorlik aloqalarini örnatiş hamda xorijiy sayyohlarni jalb etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
