Turkmanistonning sobiq boş prokurori qamoqda vafot etdi
29-09-2025, 18:17
124 марта

Turkmanistonning sobiq boş prokurori qamoqda vafot etdi
U 1997 yilning aprelidan 2006 yilning apreligaça uşbu lavozimda işlagan. Qurbonbibi Sengrenovna Otajonova 1947 yilda Tejen şahrida tuğilgan. Yuridik diplom olgaç, u tuman prokurori yordamçisidan mamlakat boş prokurorigaça bölgan lavozimga kötarildi. 1997 yilning aprel oyida prezident Saparmurod Niyozov uni respublika prokuraturasidagi eng yuqori lavozimga tayinladi.
Xelsinki Inson huquqlari jamğarmasiga köra, Otajonova prokuratura boşliği lavozimida işlagan vaqtida nazorat organini jazo tizimiga aylantirdi. “Turkmanboşi”ning mutlaq işonçidan bahramand bölib, u keng kölamli qatağonlarni amalga oşirgan, huquq himoyaçilari buni Yejov va Beriya taqiblari bilan soliştiradi. Ayniqsa, 2002 yilning noyabrida Niyozovga suiqasd uyuştirilgani, yuzlab odamlar hibsga olinganidan söng taqiblar şafqatsiz tarzda amalga oşirilgan.
Biroq, 2006 yil 24 aprelda Otajonova Vazirlar Mahkamasi majlislar zalida hibsga olingan. U korruptsiyada ayblangan, uning 13 ta turar-joy binosi, ğişt zavodi, tegirmon, avtomaşinalar parki, 6 million dollardan ortiq pul va boşqa mol-mulki musodara qilingan. Keyin u “şarmandali jinoyat sodir etgani uçun” barça unvonlari va davlat mukofotlaridan mahrum qilindi.
2006 yilning dekabr oyida Otajonova va uning qizi Toşhovuzdagi ayollar jazoni ijro etiş muassasasiga ötkazildi. Ajablanarlisi şundaki, u hibsga olinişidan biroz oldin boş prokuror sifatida tekşirgan qamoqxonaga tuşib qolgan. Öşanda u qamoqxonadagi şaroitlarni “kurort” deb tariflagan edi. U “xalq duşmanlari”ning qarindoşlari uçun ajratilgan bölinmada saqlangan.
Mamlakat xavfsizlik idoralaridan biridagi manbaning xabar berişiça, sönggi yillarda Otajonova saraton kasalligidan aziyat çekkan. Jiddiy kasallik tufayli u muddatidan oldin ozodlikka çiqiş uçun ariza bergan, tibbiy körikdan ötgan va hatto ruxsat olgan. Ammo ozod etilişidan bir neça kun oldin u vafot etdi. 27 sentyabr kuni u özi tuğilib ösgan Tejenda dafn qilindi.