AQŞda ikkita samolyot töqnaşib ketdi
2-10-2025, 22:06
446 марта

AQŞda ikkita samolyot töqnaşib ketdi
Keça, 1 oktyabr kuni AQŞning Nyu-York ştatidagi LaGuardia aeroportida Roanok şahriga jönab ketayotgan samolyot qanoti Şimoliy Karolina ştatining Şarlott şahridan kelgan samolyotning fyuzelyaji bilan tösatdan töqnaşib ketdi. Bu haqda Delta aviakompaniyasiga tayanib, “New York Post” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, töqnaşuv oqibatida kamida bir kişi (styuardessa) engil jarohat olgan va ikkala reys bortidagi yölovçilar ham jabrlanmagan. Roanok şahriga ketayotgan samolyot bortida 35 kişi, Şarlott şahridan kelgan samolyot bortida esa 61 kişi bölgan. Nyu-York va Nyu-Jersi aeroport mamuriyatining bayonotiga köra, jarohat olgan şaxs şifoxonaga yotqizilgan.Töqnaşuv sabablari hozirça nomalum.
Voqeaga qaramay, aeroport mamuriyati aeroport faoliyatiga heç qanday tasir körsatmaganini qayd etgan.
“Delta barça tegişli organlar bilan nima sodir bölganini körib çiqiş uçun işlaydi, çunki mijozlarimiz va odamlar xavfsizligi hamma narsadan ustun turadi. Biz mijozlarimizdan vaziyat uçun uzr söraymiz”, deyiladi aviakompaniya bayonotida.