Turkiya yangi dengiz havo mudofaa tizimini sinovdan ötkazdi.
8-10-2025, 13:11
105 марта

Turkiya yangi dengiz havo mudofaa tizimini sinovdan ötkazdi
Turkiya özining GÖKSUR nomli milliy havo hujumidan mudofaa tizimini jangovar şaroitlarda muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Bu haqda “Defence Blog” xabar berdi.Qayd etilişiça, sinovlar Qora dengiz böyidagi Sinop şahrida bölib ötgan. Maşğulotlar Turkiya tizimining “amaliy samaradorligi va texnologik yetukligini” isbotlagan. ASELSAN mudofaa kompaniyasiga köra, bu Turkiyada töliq işlab çiqilgan raketa bilan dengiz nişonini ilk bor muvaffaqiyatli yöq qiliş hisoblanadi.
GÖKSUR IIR raketaci zamonaviy infraqizil nişonga oluvçi moslama bilan jihozlangan va 11 kilometrdan ortiq masofadagi nişonni yöq qilgan.
U ASELSAN kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan GÖKSUR 100-N vertikal işga tuşiriş tizimidan (VLS) uçirilgan. Parvozning örta bosqiçida raketani GÜDÜ malumot uzatiş kanali orqali boşqariş amalga oşirilgan. Yakuniy bosqiçda esa raketa mustaqil ravişda nişonni aniqlab, kuzatib borgan va bevosita urib yöq qilgan.
GÖKSUR tizimi ASELSAN va TÜBİTAK SAGE qöllab-quvvatlaşi bilan işlab çiqilgan. U yerusti platformalarini samarali himoya qilişga möljallangan va dengiz ustida uçadigan kemaga qarşi hamda qanotli raketalardan himoya qiliş, dronlar va jangovar samolyotlarni yöq qiliş kabi vazifalarni bajara oladi.
GÖKSUR tizimiga ilğor qidiruv, avtonom yönaltiriş va vertikal himoya texnologiyalari integratsiya qilingan. Bu “Turkiya harbiy-dengiz platformalarining bardoşliligini oşiriş va ularning köp poğonali mudofaa tizimini kengaytiriş” maqsadiga qaratilgan.