AQŞ va Kanada raketa himoya tizimi – «Oltin gumbaz» böyiça hamkorlik qilmoqçi
9-10-2025, 06:23
119 марта

AQŞ va Kanada raketa himoya tizimi – «Oltin gumbaz» böyiça hamkorlik qilmoqçi
Vaşington va Ottava yangi avlod raketaga qarşi himoya tizimi — «Oltin gumbaz» (Golden Dome) loyihasi böyiça yaqin hamkorlik boşlagan. Bu haqda Donald Tramp Vaşingtonda Kanada boş vaziri Mark Karni bilan uçraşuv çoğida malum qildi.«Biz Kanada bilan yangi darajadagi xavfsizlik hamkorligini boşladik. «Oltin gumbaz» ikki davlat osmonini qöşma muhofazaga oladi», – dedi Tramp.
Tramp administratsiyasi işlab çiqarayotgan «Golden Dome» – Isroilning maşhur «Iron Dome» («Temir gumbaz») tizimi asosida yaratilgan yangi avlod loyihasi bölib, uning vazifasi ballistik, qanotli va gipertovuş raketa hujumlarini avtomatik aniqlaş va yöq qiliş.
Ammo yangi tizimning miqyosi ança keng: u faqat şaharlar emas, balki butun mamlakatlar hududini qamrab olişni közlaydi. Loyihaning dastlabki bosqiçiga 175 milliard dollar ajratilişi rejalaştirilgan.
Kanada boş vaziri Mark Karnining takidlaşiça, Ottava loyihaga harbiy va ilmiy hamkor sifatida qöşiliş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Uning fikriça, bu taşabbus NATO doirasida ham muhim strategik ahamiyatga ega bölişi mumkin.
«Sönggi yillarda dunyo xavfsizlik muhiti özgardi. Biz bu özgarişlarga texnologiya orqali javob berişimiz kerak», – dediKarni.
Kanada bu tizimning şimoliy qitalar orqali tarqaladigan raketa xavflariga qarşi qöllanilişidan manfaatdor.
Bazi ekspertlar «Oltin gumbaz» loyihasini siyosiy va texnologik jihatdan xatarli qadam deb baholamoqda. Britaniyaning The Guardian naşri yozganidek, gipertovuş raketalarga qarşi samarali himoya tizimi hali amalda mavjud emas, şu bois loyihaning real natija berişiga şubha bilan qaralmoqda.