Rossiya vaqtinçalik yaşaş kvotasi miqdorini pasaytirmoqçi
14-10-2025, 00:17
356 марта

Rossiya vaqtinçalik yaşaş kvotasi miqdorini pasaytirmoqçi
Rossiya hukumati 2026 yilda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga Rossiyada vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma kvotasini qisqartiradi. Bu haqda Rossiya hukumatining farmoyişiga tayanib, TASS xabar berdi.“2026 yilga qadar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga Rossiya Federatsiyasida vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnomalar beriş hududlar böyiça taqsimlansin, şuningdek, 3802 ta kvota belgilansin”, deyiladi hujjatda.Şunday qilib, 2026 yil uçun Rossiya hukumati jami 3802 ta vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma kvotasini ajratgan. Joriy yilda 5500 ta litsenziya berilgan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 10 mingdan ortiq bölgan.
“Kvota miqdori har bir hududdagi migratsiya holati va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mintaqaviy takliflar asosida belgilanadi. Rossiya Içki işlar vazirligi tomonidan ötkazilgan migratsiya vaziyati tahliliga köra, 2025 yilda barça hududlarda kvotadan past darajada foydalanilgan. Birinçi navbatda, talabnoma beruvçilarning belgilangan mezonlarga javob bermagani aniqlagan. Şunday qilib, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida belgilangan kvotaning atigi 17,5 foizidan foydalanilgan”, deyiladi xabarda.