USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

HAMAS Ğazo sektorida sudsiz qatllarni boşladi – OAV

574 марта
HAMAS Ğazo sektorida sudsiz qatllarni boşladi – OAV

Isroil bilan hamkorlikda ayblangan falastinliklar jazolanayotgani takidlanmoqda.

HAMAS Ğazo sektorida Isroil bilan hamkorlikda ayblangan falastinliklarni jazolaş uçun sudsiz qatllarni amalga oşirmoqda. Reuters malumotlariga köra, sulh kuçga kirganidan beri guruh jangarilari «xavfsizlikka tahdid solayotgan» va «Isroil uçun işlayotgan» qurolli guruhlarga qarşi harakat qilayotganini davo qilib, kamida 33 kişini öldirgan.

The Insider naşri HAMAS harakatining rus tilidagi Telegram-kanalida yetti kişining qatl etilgani aks etgan videoni topdi. Rolikka qöyilgan izohda şunday deyiladi: «HAMAS Isroil bilan hamkorlikda aybdor bölganlarni qatl qilmoqda. Isroil uçun işlagan, Ğazo içida Qarşilik kuçlari bilan kuraşganlarning barçasi topiladi va jazolanadi».


The Insider tomonidan ötkazilgan metamalumotlar tahlili şuni körsatdiki, ikkala fayl ham 2025 yil 13 oktyabr kuni keçqurun yaratilgan va tahrirlaş belgilarini öz içiga olmaydi.

Öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvdan söng AQŞ prezidenti Donald Tramp HAMAS Ğazoda politsiya vazifasini bajariş uçun vaqtinçalik ruxsat olganini aytdi. Tramp sözlariga köra, bu qaror xalqaro nazorat ostidagi Falastinning yangi hokimiyati şakllangunga qadar anklavda tartibsizlik va talonçilikning oldini olişi kerak. HAMAS öz jangçilari «jamoat tartibini saqlaşi» va «jinoyatçilikning oldini olişini» davo qilmoqda.

Qatllar seriyasi HAMAS harakatining mahalliy qurolli klanlar, birinçi navbatda, vakillari ananaviy ravişda Ğazo şahrining bir qismini nazorat qilgan Doğmuş uruğiga qarşi içki töqnaşuvlari bilan boğliq bölişi mumkin. Haaretz malumotlariga köra, aynan şu klan sönggi haftalarda hamasçilarning asosiy raqibiga aylangan, uning jangçilari bir qismi Isroil bilan hamkorlik qilişda va «Izzaddin al-Qassam brigadasi» bölinmalariga hujum qilişda ayblangan.

Arablarning Aşarq Al-Awsat gazetasi xabariga köra, HAMAS xavfsizlik kuçlari Doğmuş oilasi azolarining uylarini qamal qilib, kamida 20 kişini öldirgan, önlab kişilar hibsga olingan. Naşr malumotlariga köra, bunga guruhning uruş paytida klan tasir doirasiga ötgan hududlar ustidan nazoratni tiklaşga intilişi sabab bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: