USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Agar Hamas qurollarini topşirmasa, biz undan mahrum qilamiz» – Tramp

208 марта
«Agar Hamas qurollarini topşirmasa, biz undan mahrum qilamiz» – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Hamasning sulhdan keyingi qurolsizlaniş jarayoni «malum muddat içida» amalga oşişini bildirdi. Şuningdek, Tramp «Hamas sektorda tinçlikni saqlaş uçun bir qança jinoyatçilarni öldirgani va bu muammo emasligi»ni aytdi.
Foto: CNN

AQŞ prezidenti Donald Tramp 14 oktyabr kuni jurnalistlar bilan uçraşuvda Ğazodagi uruşni tugatişga qaratilgan tinçlik bitimi imzolangaç, Hamas qurollarini topşirişga majbur bölişini malum qildi.

«Agar ular qurollarini topşirmasa, biz ularni quroldan mahrum qilamiz — bu tez va ehtimol zöravon tarzda amalga oşadi. Lekin ular qurollarini topşiradi, tuşundingizmi?» deya Trampning sözlarini keltirmoqda The Gurdian.

Şuning u bu jarayon «oqilona muddat içida» bölişi kerakligini takidladi.


Bu hafta Ğazoda Tramp vositaçiligida örnatilgan öt oçişni töxtatiş kuçga kirdi. Şu bilan birga, eng katta savollardan biri – Hamasni qurolsizlantiriş va Ğazoni tark etişiga doir aniq rejaning yöqligi bölib turibdi.

Trampning avvalgi bayonotlari guruhning Ğazoda çeklangan rol öynaşda davom etişi mumkinligidan darak bergan edi. Xususan, hafta boşidagi Ğazodagi almaşinuvlar vaqtida Hamas askarlari sektorda xavfsizlikni taminlaşni boşladi. Trampning özi ham guruh qisqa muddatda «tartibni saqlaşda çeklangan rol» öynaşini tan olgandi. Uning aytişiça, Ğazoni qayta tiklaş xavfli va murakkab böladi, şu bois AQŞ bu jarayonda joylardagi kuçlar bilan hamkorlik qilişi zarur.

Foto: Reuters

Seşanba kuni tarqalgan videoda guruh azolari közlari boğlangan, qöllari orqadan boğlangan sakkiz nafar erkakni «Isroilga sotqinligi va jinoyatlari» uçun sifatida otib taşlagani aks etgan. Hamas manbalari Reutersʼga bergan izohida«endi Ğazoda tartibni buzuvçilarga — xoinlar, qurolli talonçilar va giyohvand savdogarlariga toqat qilinmasligi»ni aytdi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: