Turkiyada «830 kilo narkotik işi» böyiça hibsda saqlangan özbekistonlik oqlandi
17-10-2025, 17:18
161 марта
Turkiyada «830 kilo narkotik işi» böyiça hibsda saqlangan özbekistonlik oqlandi16 oktyabr, payşanba kuni Istanbul şahrining Bakirköy tumanida joylaşgan oğir jinoyatlar böyiça 17-sud binosida asli Samarqand viloyatidan bölgan 22 yoşli Özbekiston fuqarosining işi yuzasidan navbatdagi (uçinçi) sud majlisi bölib ötdi.
Sud jarayonida Boş konsulxona diplomatlari ham iştirok etdilar.
Mazkur iş doirasida fuqaromizga nisbatan noqonuniy narkotik moddalarni olib kiriş va ularning aylanmasi bilan boğliq ayblovlar körib çiqildi. Tergov materiallariga köra, jami 6 nafar şaxs hamda qidiruvda bölgan yana bir neça kişi Yevropa davlatlaridan Turkiya hududiga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk avtomaşinasi orqali olib kirişda ayblangan.
Vatandoş 2023–2024 yillarda uşbu yuk maşinasi turar joyiga yaqin joyda joylaşgan yoğoç quti işlab çiqariş ustaxonasida işlagan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar operatsiya ötkazgan paytda u mazkur hududda bölganligi sababli qölga olingan va gumonlanuvçi sifatida qamoqqa olingan.
Sud majlisi yakuniga köra, sudya iş materiallarini körib çiqib, qamoqda saqlaş çorasi bekor qilinişi va vatandoşimizni ozod qiliş haqida qaror qabul qildi.