Eron rasman 10 yillik yadroviy kelişuvdan çiqdi
19-10-2025, 07:54
238 марта
Eron rasman 10 yillik yadroviy kelişuvdan çiqdiEron 2015 yilda yirik davlatlar bilan imzolangan, sanktsiyalarni bekor qiliş va yadroviy dasturga çeklovlar joriy etiş evaziga tuzilgan Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasini rasmiy ravişda bekor qildi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
“Kelişuvning barça bandlari, şu jumladan yadroviy dasturga oid çeklovlar va ular bilan boğliq mexanizmlar bekor deb hisoblanadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Mazkur kelişuv Eron, Xitoy, Rossiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya örtasida imzolangan bölib, uning maqsadi Eronni yadroviy qurol yaratişdan töxtatiş edi. Biroq 2018 yilda Donald Trampning qarori bilan AQŞ bitimdan çiqib, sanktsiyalarni qayta tiklagaç, kelişuv amalda kuçini yöqotdi.
Keyingi yillarda bitimni qayta tiklaşga urinişlar natija bermadi. Joriy yilning yozida Eron, Isroil va AQŞ örtasidagi keskinlik muzokaralarning barça imkoniyatlarini yopdi. Iyun oyida Eron parlamenti MAGATE bilan hamkorlikdan voz keçiş töğrisidagi qonunni qabul qildi, bunga javoban Yevropa davlatlari BMT sanktsiyalarini “tezkor tiklaş mexanizmi” orqali qayta joriy etdi.
Ğarb davlatlari endi Eron yadroviy qurolga ega bölmasligini kafolatlaydigan yangi kelişuv izlaşini aytmoqda. Tehron esa bunday muzokaralar faqat AQŞ harbiy harakatlardan butunlay voz keçişiga kafolat bergandagina bölişini takidlamoqda.