USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada suv ostidan 12 ming yillik qoyatoş tasvirlari topildi

68 марта

Turkiyada suv ostidan 12 ming yillik qoyatoş tasvirlari topildi

Turkiyaning Adiyaman viloyatida joylaşgan Otaturk töğoni suvlari ostidan 12 ming yillik qoyatoş rasmlari topildi. Bu haqda “Arkeonews” jurnali xabar berdi.

Uşbu tasvirlar keç paleolit yoki ilk neolit davriga oid deb taxmin qilinmoqda. Ularni sakkiz yil avval mahalliy baliqçilar ilk bor körgan. Öşa paytda qurğoqçilik sabab suv sathi keskin tuşib ketgan va qadimiy toş yuzasi oçilgan. Joriy yilda suv sathi yana kötarilgaç, Adiyaman muzeyi xodimlari yodgorlik holatini örganiş uçun suvosti tadqiqotini ötkazgan.
Muzey direktori Mehmet Alkanning sözlariga köra, suv ostida köriş imkoniyati juda çeklangan bölgan, biroq jamoa maxsus kamera yordamida ayrim bölaklarning yirik planli tasvirlarini olişga muvaffaq bölgan.

“Yuza hozirda midiya çiğanoqlari bilan qoplangan, şu sababli aniq tasvir oliş qiyin. Yaqin oylarda joyni tozalab, batafsil hujjatlaştiramiz va keyinroq muzey uçun nusxasini yaratamiz”, deydi u.

Tahlillar şuni körsatdiki, bazi tasvirlar paleolit davrining oxiri yoki neolitning boşlanişiga tegişli bölişi mumkin. Taxminan sakkiz metr uzunlikdagi va yetmiş santimetr balandlikdagi uzun panelda insonlar va hayvonlar iştirokidagi dinamik ov sahnasi aks etgan.

Aniqlangan figuralar orasida toğ eçkilari, otlar, börilar, tulkilar va laylaklar mavjud bölib, ular öziga xos uslubda işlangan. Arxeologlarning fikriça, bu kompozitsiya yozuv paydo bölişidan oldingi ramziy ifoda usullaridan biri sifatida ov manzarasini yoki jamoaviy hikoyani ifodalaşi mumkin.
Otaturk töğoni XX asr oxirida qurilgan bölib, bu hudud ilgari oçiq osmon ostidagi qadimiy ibodatxonalar va ğorlar bilan boy bölgan tarixiy manzara tarkibiga kirgan. Şunga öxşaş qoyatoş öymalariga Batman, Şonliurfa va Mardin viloyatlarida ham duç kelinadi, bu esa Yuqori Mesopotamiyadagi madaniy uzviylikni körsatadi.

Otaturk töğoni – Turkiyadagi eng yirik suvomborlardan biri bölib, sönggi ön yilliklarda yuzlab arxeologik yodgorliklarni suv ostida qoldirgan. Şu sababli, mutaxassislar topilmani raqamli tarzda qayd etiş muhimligini takidlamoqda: 3D-skaner va fotogrammetriya texnologiyalari yordamida bu tasvirlarni virtual tarzda qayta tiklab, kelajakdagi tadqiqotlar uçun saqlab qoliş mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: