Hindiston zavodlari Rossiya neftini sotib olişni töxtatdi – “Bloomberg”
28-10-2025, 17:47
178 марта

Hindiston zavodlari Rossiya neftini sotib olişni töxtatdi – “Bloomberg”
AQŞning Rossiyaga qarşi sanktsiyalaridan keyin Hindistonning neftni qayta işlaş zavodlari Rossiyaning Urals markali neftini sotib olişni töxtatib, kutiş rejimiga ötdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Naşrga köra, gap Indian Oil Corp., Bharat Petroleum Corp. va Hindustan Petroleum Corp. kabi kompaniyalar haqida ketmoqda. Zavodlarning yuqori lavozimli rahbarlari aytişiça, ular hukumatdan körsatmalar kutmoqda va muqobil variantlarni baholamoqda.
“Bloomberg”ning yozişiça, sönggi sanktsiyalar kiritilişidan oldin Rossiyaning ESPO markali nefti narxi barreli uçun bir dollardan köproq yuqori bölgan. Savdoda iştirok etayotgan treyderlar malumotiga köra, Rossiyaning Uzoq Şarqidan yetkaziladigan uşbu markadagi neft ICE Brent etalon markasiga nisbatan 50 foizlik çegirma bilan taklif qilingan.
“Rossiya neftining narxi pasaygan, çunki Ğarb sanktsiyalari tufayli Xitoyning ayrim neftni qayta işlaş kompaniyalari xaridlarni bekor qilişga majbur bölgan”, deyiladi xabarda.