Avstraliyada xat solingan 100 yillik şişa idiş topildi
31-10-2025, 09:21
96 марта

Avstraliyada xat solingan 100 yillik şişa idiş topildi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Avstraliya sohilida Birinçi jahon uruşi davrida askarlar tomonidan yozilgan xatlar solingan şişa idiş topildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.Içida xatlar bölgan Sçweppes içimligiga oid şişa idişni Braunlar oilasi Ğarbiy Avstraliya ştatidagi Esperans şahri yaqinidagi Uorton-Biç plyajida çiqindilarni tozalaş vaqtida topgan.
Qalin şaffof oynadan yasalgan şişa içida 1916 yil 15 avgust sanasi bilan yozilgan ikkita xat bölgan. Ular 27 yoşli Malkolm Nevill va 37 yoşli Uilyam Xarli tomonidan qalam bilan yozilgan. Ikkalasi ham HMAT A70 Ballarat kemasida xizmat qilgan. Bu kema Birinçi jahon uruşi yillarida avstraliyalik harbiylarni Yevropaga taşiş uçun işlatilgan. 12 avgust kuni kema Adelaida şahridan yölga çiqib, Frantsiyaga yöl olgan. Yangi askarlar 48-avstraliya piyoda batalyoni safiga qöşilişi kerak bölgan.


Xat yuborilganidan bir yil ötib, Nevill frontda halok bölgan. Xarli esa ikki marta yaralangan, ammo uyiga qaytgan va 1934 yilda Adelaidada saratondan vafot etgan. Uning qarindoşlari bu kasallikni jang maydonlarida tasir etgan zaharli gazlar bilan boğlaydi. Xatda Nevill şişani topgan odamdan uning maktubini onasi Robertina Nevillga, Janubiy Avstraliyadagi Uilkavatta şahriga yetkazişni söragan.

Xat yozilgan paytda askarlar Buyuk Avstraliya qöltiğida bölgan. Deb Braunning sözlariga köra, şişa suvda uzoq suzmagan –uni tölqinlar tezda qirğoqqa çiqarib taşlagan. U asrdan ortiq vaqt davomida qumtepalarda yotgan, faqat yaqinda suv tölqinlari qirğoqni yemirganida topilgan.
Şişa içidagi qoğoz höl bölganiga qaramay, matn aniq öqiladigan holatda saqlanib qolgan. Şu tufayli Deb Braun har ikki askarning oilasi bilan boğlana olgan. U şişaning deyarli mukammal saqlanganini, sirtida heç qanday şikastlanişlar yöqligini aytgan. Uning sözlariga köra, bu şişaning uzoq vaqt qum ostida, suv va quyoşdan himoyalangan holda yotganini körsatadi.
Xarlining nabirasi Enn Terner esa oilasi topilma haqida “mutlaqo hayratda” qolganini aytgan.
“Biz bunga işonolmayapmiz. Bu haqiqatan ham möjizaga öxşaydi”, deydi u.