USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp va Putin uçraşuvi qaysi voqeadan keyin bekor qilingani aytildi

468 марта

Tramp va Putin uçraşuvi qaysi voqeadan keyin bekor qilingani aytildi

Moskva Vaşingtonga “Ukrainaga nisbatan qattiq talablarini tasdiqlovçi” hujjatni yuborganidan söng, Qöşma Ştatlar Prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putinning Budapeştda ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuvini bekor qilgan. Bu haqda “Financial Times” manbalarga tayanib xabar berdi.

Tramp va Putin 16 oktyabr kuni telefon orqali muloqot qilgan, şundan söng Amerika Prezidenti Rossiya Prezidenti bilan Budapeştda “ikki hafta içida” uçraşişini malum qilgandi.
FT xabariga köra, uşbu suhbatdan bir neça kun ötib, Rossiya TIV Vaşingtonga Moskvaning Ukrainadagi mojaroning “asosiy sabablarini” bartaraf etiş talabi bayon etilgan memorandum yuborgan. Rossiya hukumati yana Kiyevdan hududiy imtiyozlar berişni, Ukraina Qurolli kuçlarini qisqartirişni va Ukraina heç qaçon NATOga qöşilmasligini kafolatlaşni talab qilgan. “Reuters” agentligining xabar berişiça, Moskva Vaşingtonga uning şartlarini öz içiga olgan “norasmiy hujjat” yuborgan. Hujjatda Rossiyaning butun Donbass ustidan nazoratni qölga kiritiş talabi yana bir bor takrorlangan va Moskva Ukrainaga nisbatan özining “maksimalistik talablari”ga amal qiliş qatiyatini takidlagan.

Şundan söng, AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov örtasida keskin telefon muloqoti bölib ötdi. Suhbatdan söng Rubio Trampga Moskva muzokaralar olib borişga tayyor emasligini aytgan. Boşqa manbaga köra, AQŞ Prezidenti Moskvaning pozitsiyasidan “tasirlanmagan”.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: