Rossiya Ukrainaga yadro quroli taşuvçi raketalar bilan tizimli hujum boşladi – OAV
31-10-2025, 19:34
377 марта

Rossiya Ukrainaga yadro quroli taşuvçi raketalar bilan tizimli hujum boşladi – OAV
Joriy yilning avgust oyidan beri Rossiya Ukraina hududiga kamida 23 ta 9M729 turidagi raketa uçirgan. Uşbu raketalar bir paytlar AQŞning Örta va qisqa masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqişiga sabab bölgan. Bu haqda Ukraina hukumatidagi ikki yuqori martabali manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.Naşrning yozişiça, mazkur raketalar oddiy yoki yadroviy jangovar kallaklar bilan jihozlanişi mumkin. “Reuters”ning bir manbasiga köra, bu raketalarning ilk qöllaniş holatlari 2022 yilda qayd etilgan, biroq sönggi oylar içida ularning işlatilişi muntazam tus olgan.
AQŞning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) malumotlariga köra, raketaning haqiqiy uçiş masofasi 2 500 kilometrga yetişi mumkin.
“Rossiyaning Örta va qisqa masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnoma bilan taqiqlangan 9M729 raketasini qöllaşi Vladimir Putinning AQŞ diplomatik say-harakatlariga va şaxsan Prezident Trampga bepisandligini körsatadi”, deydi Ukraina Taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga.