USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nega Afğonistonda zilzilalar tez-tez sodir böladi?

137 марта

Nega Afğonistonda zilzilalar tez-tez sodir böladi?

Bugun, 3 noyabr kuni ertalab Afğonistonning şimolidagi Mazori Şarif şahri yaqinida 6,3 balli zilzila sodir bölib, kamida yetti kişi halok böldi va taxminan 150 kişi yaralandi. Joriy yil avgust oyi oxiridagi zilzila va kuçli takroriy silkinişlar oqibatida 2 200 dan ortiq odam halok bölganiga bir neça oygina bölgan edi.


Quyida uruşdan vayron bölgan bu Janubiy Osiyo mamlakati nega tez-tez zilzilaga duç kelayotgani va ularning oqibatlarini qanday kamaytiriş mumkinligi haqida söz boradi.
Afğonistonda zilzila odatiy holmi?
Toğlar bilan öralgan Afğoniston turli tabiiy ofatlarga moyil, ammo eng köp qurbonlar zilzilalar oqibatida böladi. Har yili örtaça 560 kişi halok böladi, iqtisodiy zarar esa taxminan 80 million dollarga teng.
Tadqiqotlarga köra, 1990 yildan buyon Afğonistonda magnitudasi 5,0 dan yuqori bölgan kamida 355 ta zilzila qayd etilgan.
Nega Afğoniston zilzilalarga moyil?
Afğoniston Yevroosiyo tektonik plitasining çegarasida joylaşgan bölib, u Hind plitasi bilan tutaşuv zonasini hosil qiladi – bu plitalar bir-biriga yaqinlaşişi yoki yonma-yon siljişi mumkin. Şuningdek, mamlakat janubdan Arab plitasi tasirida bölib, bu hududni dunyodagi eng faol tektonik mintaqalardan biriga aylantiradi.

Hind plitasining şimolga harakati va uning Yevroosiyo plitasiga bosimi Afğonistondagi köplab zilzilalarning asosiy sababi hisoblanadi.
Qaysi hududlar eng xavfli?
Afğonistonning şarqiy va şimoliy-şarqiy hududlari, ayniqsa Özbekiston, Tojikiston va Pokiston bilan çegaradoş mintaqalar, zilzilalarga ayni vaqtda eng köp duç keladi.
Tadqiqotlarga köra, aholi gavjum bölgan Qobul şahrida zilzilalar oqibatidagi örtaça yillik zarar 17 million dollarni taşkil etadi.
Toğli hududlarda zilzilalar ayniqsa xavfli, çunki ular köp hollarda köçkilarga sabab bölib, qurbonlar va zarar miqdorini yanada oşiradi.
Afğonistondagi eng katta zilzilalar qanday bölgan?
1900 yildan buyon Afğonistonda taxminan 100 ta “katta zarar keltirgan” zilzila qayd etilgan.
Sönggi yillardagi eng halokatli zilzilalardan biri 2022 yilda sodir bölgan 6 balli zilzila bölib, 1 000 kişi halok bölgan. 2023 yilda bir oy içida bölib ötgan bir neçta zilzilada ham 1 000 nafar odam halok bölib, butun qişloqlar vayronaga aylangan.

2015 yilda sodir bölgan 7,5 balli zilzila Afğoniston, Pokiston va Hindistonda jami 399 kişining hayotiga zomin bölgan.
Eng katta vayronagarçilik esa 1998 yilda röy bergan: uç oy içida ikki marta zilzila sodir bölib, birinçi zilzilada 2 300, ikkinçisida esa 4 700 kişi halok bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: