Mirziyoyev Pezeşkiyonga taziya yölladi
27-04-2025, 15:01
1 146 марта

Mirziyoyev Pezeşkiyonga taziya yölladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos şahridagi Şahid-Rajai porti hududida röy bergan portlaş oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar körilgani munosabati bilan Prezident Masud Pezeşkiyonga taziya maktubini yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda şifo topişini tilagan.
Malumot uçun, Bandar Abbos Fors körfazining Ummon körfazi bilan tutaşgan joyida, Hurmuz böğozi qirğoğidagi strategik muhim nuqtada joylaşgan. Portlar va kemaçilik taşkiloti malumotlariga köra, bu port Erondagi eng yirik port hisoblanadi. Ötgan yili u orqali mamlakatdagi konteyner taşişlarning 85 foizi, şuningdek, Eron neftining katta qismi ötgan. 2020 yilda xuddi şu portdagi kompyuterlarga kiberhujum uyuştirilgan, bu esa suv yöllari va obektga olib boruvçi yöllarda ommaviy nosozliklarni keltirib çiqargan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 25 aprel kuni Eronning Bandar-Abbos şahri yaqinidagi Şahid-Rajai dengiz portida sodir bölgan kuçli portlaş oqibatida 18 kişi halok bölgandi va 750 dan ortiq odam jarohatlangandi. Portda raketalar uçun qattiq yoqilğining asosiy tarkibiy qismi bölgan natriy perxlorat portlab ketgan. U ayni Ummonda AQŞ va Eron örtasida Tehron yadroviy dasturi böyiça muzokaralarning uçinçi bosqiçi boşlanganidan köp ötmay sodir bölgan. Bazi bir manbalarga köra, portlaş uyuştirilgan bölişi mumkin. Ammo bu haqda rasmiy malumotlar mavjud emas.