Nyu-Yorkning birinçi musulmon meri özbek hamşiralariga minnatdorlik bildirdi
5-11-2025, 20:44
117 марта

Nyu-Yorkning birinçi musulmon meri özbek hamşiralariga minnatdorlik bildirdi
AQŞdagi Nyu-York şahrining saylangan meri Zohran Mamdani bugun, 5 noyabr kuni ğalaba nutqida özbek hamşiralariga minnatdorlik bildirdi.“Nyu-York, bu tun sen özgariş uçun mandat berding. Yani yangi turdagi siyosat uçun mandat. Qölimiz yetgan şahar uçun mandat. Va aynan şunday natija beradigan hukumat uçun mandat”, dedi Mamdani.U minnatdorlik sözlarida yamanlik bodega (kiçik dökon) egalariga, senegallik taksi haydovçilariga, özbek hamşiralariga, trinidadlik oşpaz yordamçilariga va efiopiyalik xolalarga alohida rahmat aytdi.
“Yaxşiroq kelajak haqidagi vada endi ötmiş qoldiği emasligini tan olişdan boş tortgan yangi avlod nyu-yorkliklariga rahmat. Siyosat siz bilan past körmasdan, samimiy sözlaşganda, biz rahbarlikning yangi davrini boşlaşimiz mumkinligini siz isbotladingiz”, dedi u.