AQŞ ballistik raketasini sinovdan ötkazdi
5-11-2025, 21:02
223 марта

AQŞ ballistik raketasini sinovdan ötkazdi
Bugun, 5 noyabr kuni AQŞ Kosmik kuçlari Minuteman III turidagi ballistik raketaning sinov öq otişlari muvaffaqiyatli yakunlanganini elon qildi. Bu haqda idoraning rasmiy saytida xabar berildi.Kosmik kuçlar malumotiga köra, bugun, 5 noyabr kuni AQŞ Minuteman III tipidagi qitalararo ballistik raketaning sinov uçirişini amalga oşirgan. Uçiriş çoğida raketaning “joriy işonçliligi, jangovar tayyorgarligi va aniqligi” baholangan.
Jangovar kallaksiz raketaning ajratiladigan qismi taxminan 6800 kilometr masofani bosib ötib, Marşall orollaridagi Kvajalein atollida joylaşgan Ronald Reygan nomidagi raketaga qarşi mudofaa sinov poligoniga yetib borgan.
“Uşbu sinov qurol tizimining işonçliligi, moslaşuvçanligi va modulliligini tasdiqladi. AFGSC uçuvçilarining maxsus guruhi tomonidan ötkazilgan uşbu kompleks baholaş orqali biz mamlakatimizning qitalararo ballistik raketa tizimi yaxlitligi va işonçliligining eng yuqori standartlarini taminlaymiz”, deydi polkovnik Dastin Harmon.