USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyoda har yili neça gektar örmon yöqolayotgani aytildi

88 марта

Dunyoda har yili neça gektar örmon yöqolayotgani aytildi

Iqlim özgarişi tufayli Yer yuzidagi örmonlar jiddiy xavf ostida qolmoqda. Bu haqda BMT Axborot xizmati xabar berdi.

Malumotlarga köra, BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasiga kiruvçi mamlakatlar hududida – Yevropa, Şimoliy Amerika, Kavkaz va Markaziy Osiyoda 1,76 milliard gektardan ortiq örmon mavjud bölib, bu dunyo örmonlarining 40 foizdan ortiğini taşkil etadi.
Mintaqada örmon maydoni 60 million gektarga oşgan bölsa-da (eng katta ösiş Yevropa va Markaziy Osiyoda qayd etilgan), dunyo böylab teskari tendentsiya kuzatilmoqda – har yili qariyb 10,9 million gektar örmon yöqolmoqda.
Yuqori harorat tufayli örmon yonğinlari va qurğoqçilikning köpayişi, namlikning kamayişi va zararkunandalar bosimi sababli tanqidiy holat yuzaga kelgan. Masalan, 2021 yilda örmon yonğinlari 12,6 million gektar örmonni yöq qilgan – bu Gretsiya hududiga teng maydon. Yana 73 million gektar örmon (Ispaniya va Portugaliya maydoni yiğindisiga teng) haşarotlar va kasalliklardan zararlangan.
“Bu tendentsiya saqlanib qolsa, bugungi kunda kuçli uglerod yutuvçisi bölgan örmonlar çiqindilar manbaiga aylanişi mumkin, bu esa global iqlim maqsadlarini xavf ostiga qöyadi”, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar.
Braziliyaning Belin şahrida bölib ötadigan iqlim sammiti arafasida BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi dunyo yetakçilarini örmonlarni himoya qiliş böyiça çoralarni kuçaytirişga çaqirmoqda. Bunga yonğinlarning oldini oliş, zararkunandalarga qarşi kuraşiş va keng kölamli örmon tiklaş işlari kiradi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: