Riyod-2025: Xorazmlik sportçilar uçun yana bir yutuqli kun!
10-11-2025, 07:42
260 марта
Riyod-2025: Xorazmlik sportçilar uçun yana bir yutuqli kun!VI Islom birdamligi öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi azolari bugun ham yurtimiz şarafini munosib himoya qildilar.
Diyorbek Rözmetov — kumuş medal sohibi!
Oğir atletika böyiça -71 kg vazn toifasida bahs olib borgan diyorimiz farzandi Diyorbek Rözmetov dast kötariş maşqini 148 kg bilan yakunlab, kumuş medalni qölga kiritdi. Bu natija uning matonati va yuksak tayyorgarligidan dalolat beradi.
Irisxon Qurbonboyeva — dzyudodan kumuş medal!
+78 kg vazn toifasida tatamiga çiqqan Irisxon Qurbonboyeva finalgaça yetdi. Ammo hal qiluvçi bahsda imkoniyatni boy berdi va şu bilan birga Özbekiston jamoasi hisobiga yana bir kumuş medal qöşdi.
Alişer Yusupov — bronza medali sohibi!
Dzyudoçilarimizdan yana biri — Alişer Yusupov uçinçi örin uçun bahsda Qirğiziston vakilini mağlub etib, bronza medaliga sazovor böldi.
Uşbu natijalar nafaqat mamlakatimiz, balki Xorazm sporti uçun ham katta iftixordir. Yurtimiz sportçilari har bir medali bilan yoş avlodga namuna bölmoqda.

