Quyoşda bu yilgi eng kuçli çaqnaş sodir böldi
11-11-2025, 20:08
92 марта

Quyoşda bu yilgi eng kuçli çaqnaş sodir böldi
Keça, 10 noyabr kuni Quyoşda joriy yildagi eng kuçli çaqnaş qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyoş astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Malumotlarga köra, portlaş kuçi X5.1 darajaga yetgan. Keyinçalik u X5.15 körsatkiçni qayd etib, 2024 yilning oktyabrdan buyon kuzatilgan eng yirik hodisaga aylangan.
Qayd etilişiça, çaqnaş 4274-raqamli faol hududda sodir bölgan. Bu hudud ayni paytda Yerga tasir qiliş imkoniga ega bölgan zonada joylaşgani sababli, çaqnaşdan kelib çiqadigan radioşovqinlar, aloqa uzilişlari yoki magnit böron kuçayişi ehtimoli mavjud.
Quyoş rentgen nurlanişi grafiklari onlayn tarzda yangilanmoqda. Mutaxassislar hodisa davom etayotganini, faollik esa pasaymayotganini takidlayapti